Qattiq maişiy çiqindi poligonlarini loyihalaştiriş va ulardan foydalaniş böyiça yöriqnoma tasdiqlandi.
Norma’ning yozişiça, hujjatda qattiq maişiy çiqindilarni poligonga qabul qiliş tartibi va texnologik sxemasi, şuningdek ularni taşuvçi texnikani böşatiş tartibi nazarda tutilgan.
Ma'lumot uçun: qattiq maişiy çiqindilar — jismoniy şaxslarning hayoti va faoliyati hamda yuridik şaxslarning faoliyati natijasida hosil böluvçi organik va noorganik çiqindilar, şuningdek ularning hududida va obodonlaştiriş obektlaridagi tabiiy jarayonlar natijasida hosil böluvçi çiqindilar (oziq-ovqat va ösimlik çiqindilari, töqimaçilik mahsulotlari, öraş-joylaş (qadoqlaş) materiallari, şişa, rezina, qoğoz, plastmassa, yoğoç çiqindilari, özining foydalaniş xususiyatlarini yöqotgan uy-rözğor buyumlari, supurindi, şuningdek qattiq yoqilğida işlovçi maişiy peçkalar va isitiş buğqozonlaridan foydalaniş natijasida hosil böluvçi çiqindilar).
Qattiq maişiy çiqindilar poligonlari qurilişi uçun qişloq xöjaligiga möljallanmagan va örmon fondi yerlariga kirmaydigan yer uçastkalari ajratiladi. Bunda poligonlarning atrof-muhitning turli obektlariga salbiy ta'siri darajasini hisobga olgan holda eng kam ta'sir körsatuvçi yer uçastkasini tanlaş uçun bir neça hududlar muqobil variant sifatida körib çiqiladi.
Poligonlar şaharlar va boşqa aholi punktlarining taşqarisida joylaştiriladi. Ular istalgan kattalikdagi aholi punktlari uçun taşkil etilişi mumkin, biroq bir biriga yaqin aholi punktlari uçun markazlaşgan poligonlarni taşkil etiş maqsadga muvofiqdir. Turar joydan poligon çegarasigaça bölgan masofa aholi yaşaş joylarida atmosfera havosini muhofaza qiliş böyiça sanitariya me'yorlari va qoidalariga muvofiq kamida 500 metrni taşkil qilişi kerak.
Poligonlarni suvni muhofaza qiliş zonalari, suv obektlarining sanitariya muhofazasi zonalari, sohil böyi mintaqalari va sifatli yer osti suvlari töplanadigan manbalar tegrasi, kurortlarni muhofaza qiliş zonalari, şuningdek fuqarolarning ommaviy dam oliş va soğlomlaştiriş maskanlari hududiga joylaştirilişiga yöl qöyilmaydi. Yer ajratiş töğrisidagi hujjatlar Yergeodezkadastr davlat qömitasi tomonidan rasmiylaştiriladi.
Tuman sanitariya-epidemiologik osoyiştalik markazi tayyorlangan barça materiallarni inobatga olgan holda tanlangan yer uçastkasining poligon qurilişi uçun yaroqliligi xususida öz xulosasini beradi. Keyin ekologik normativlar işlab çiqiladi va kelişiladi, davlat ekologik ekspertizasi ötkaziladi.








