Toşkent şahri, Andijon, Namangan, Farğona, Toşkent, Qaşqadaryo va Samarqand viloyatlarida qattiq maişiy çiqindilarni yoqiş orqali elektr energiyasi işlab çiqariş investitsiya loyihalarini amalga oşiriş çora-tadbirlari töğrisidagi prezident qarorlari qabul qilindi.
Qarorlarga köra, mazkur hududlarda ekologik vaziyatni yaxşilaş, çiqindilarni qayta işlaş sohasiga zamonaviy yeçimlar va texnologiyalarni joriy etiş orqali elektr energiyasi işlab çiqariladi hamda sohaga töğridan-töğri investitsiyalar jalb etiladi.
Elektr energiyasini sotib oliş va qattiq maişiy çiqindilarni yetkazib beriş töğrisidagi bitimlarga muvofiq loyiha kompaniyalari işlab çiqarilgan elektr energiyasini 30 yil davomida «Özenergosotiş» korxonasiga kafolatlangan tarzda sotadi.
Investor va loyiha kompaniyalari 2025–2027 yillarda quyidagi miqdordagi işlab çiqariş quvvatiga ega uskunalarni işga tuşirişni ta’minlaydi, jumladan:
- Toşkent viloyatida kuniga 2,5 ming tonna çiqindilarni termik usulda qayta işlaş orqali 390 million kVt elektr energiyasi;
- Andijon viloyatida kuniga 1,5 ming tonna çiqindilarni termik qayta işlab, 240 million kVt elektr energiyasi;
- Qaşqadaryo viloyatida kuniga 1,5 ming tonna çiqindilarni termik qayta işlab, 240 million kVt elektr energiyasi;
- Samarqand viloyatida 1,5 ming tonna çiqindilarni termik qayta işlab, 240 million kVt elektr energiyasi;
- Namangan viloyatida 1,5 ming tonna çiqindilarni termik usulda qayta işlaş orqali 227,5 million kVt elektr energiyasi;
- Farğona viloyatida kuniga 1,5 ming tonna çiqindilarni termik usulda qayta işlaş orqali 227,5 million kVt elektr energiyasi.

















