Foto: Toshkentga katta miqdordagi pirotexnika vositalarini olib kirishning oldi olindi
Toshkent viloyati IIBB tomonidan 6 dekabr, juma kuni qiymati 100 million so‘mlik pirotexnika vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi. Bu haqda Toshkent viloyati IIBB axborot xizmati xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, Ohangaron tumanida joylashgan «Chinor» YPX maskanida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Natijada 12 ming qutidan ortiq jami 732 ming dona pirotexnika vositasi va turli hajmdagi 556 dona salyutni Toshkent shahriga noqonuniy olib kirishga urinish holatlari aniqlandi. Ularning taxminiy bahosi 100 million so‘mni tashkil qilgan.
Xususan, O‘sh—Toshkent yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanib kelayotgan Hyundai rusumli yuk avtomashinasining yukxonasida hech qanday hujjatlarsiz jami 5 ming quti yoki 300 ming dona «Mikki-Maus» nomli taxminiy bahosi 40 million so‘mlik pirotexnika vositasi hamda 21 dona televizor, 5 litrli 20 dona polietilen idishda suyuqlik moddasi, 3 dona polietilen qopda noma'lum kukunlar borligi aniqlangan.
Shu kuni maskan orqali o‘tayotgan Toshkent shahar Olmazor tumanida yashovchi, 1983 yilda tug‘ilgan M.Sh. boshqaruvidagi Cobalt rusumli avtomashinaning yukxonasida Toshkent shahri Shayxontohur tumanida yashovchi 1985 yilda tug‘ilgan D.X.ga tegishli bo‘lgan jami 144 blok turli hajmdagi salyutlar hamda jami 48 blok «Britanik» nomli taxminiy bahosi 13,9 million so‘m bo‘lgan pirotexnik vositalari borligi aniqlangan.
Shuningdek, maskandan 6 dekabr kuni soat 20:45 da Qo‘qon—Toshkent yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumani Qum qishlog‘ida yashovchi 1962 yilda tug‘ilgan A.X. boshqaruvidagi Kia Bongo rusumli avtomashina to‘xtatilib tekshirilganda, uning yukxonasidan 7200 qutidagi jami 432 ming dona «Treniya» nomli taxminiy bahosi 57,6 million so‘m bo‘lgan noqonuniy pirotexnika vositalari olib ketilayotganligi aniqlangan.
Yuqorida keltirib o‘tilgan holatlar yuzasidan IIBB tomonidan qo‘shimcha surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
11:39 / 29.08.2024
Pirotexnikaning qonunga xilof muomalasi uchun javobgarlik kuchaytirildi
12:42 / 10.07.2024
O‘zbekistonda pirotexnika buyumlarining noqonuniy muomalasi uchun javobgarlik choralari kuchaytiriladi
10:48 / 29.01.2024
17 mln so‘mgacha jarima – pirotexnika buyumlarining noqonuniy savdosi uchun javobgarlik kuchaytiriladi
07:35 / 09.01.2024