Sessiyada qatnaşgan Kun.uz muxbiri muhokama mavzusidan kelib çiqqan holda, mamlakatning Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga a'zo bölişi ehtimoli örganilayotgani yuzasidan savol berdi.

«Belarus respublikasi rahbariyati, qirğizistonlik işlab çiqaruvçilar va deputatlarning YeOII böyiça bildirayotgan salbiy fikrlari, ittifoqqa a'zolik tufayli ularning iqtisodiyoti zarar körayotgani haqidagi e'tirozlar özbek ekspertlari guruhi tomonidan qançalik inobatga olinmoqda?», deya örtaga taşlangan savolga Özbekiston Investitsiyalar va taşqi savdo vaziri örinbosari Badriddin Abidov javob berdi.

Foto: Xalqaro press-klub

«Dunyodagi har bitta davlat öz strategik maqsadlaridan kelib çiqqan holda u yoki bu xalqaro yoki mintaqaviy savdo kelişuvlari va taşkilotlarga kirişi mumkin. Bu – har bir davlatning suveren huquqi. Bu huquq Jahon Savdo Taşkilotining GATT bitimi 24-moddasida ham belgilangan.

Özbekiston Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga a'zo bölgan ikkita davlat bilan bevosita çegarada joylaşgan. Bu esa Özbekiston uçun yuqori ahamiyatga ega.

Albatta, bu taşkilotga a'zolikning ijobiy va salbiy jihatlari diqqat bilan örganiladi va örganişlarda albatta milliy manfaatlardan kelib çiqiladi».

Masala yuzasidan siyosiy partiyalar vakillari ham munosabat bildirib ötdi.

Dilşodjon Rahmonov, Özbekiston Liberal-demokratik partiyasi vakili:

Foto: Xalqaro press-klub

«Albatta, bu mavzu ança vaqtdan beri muhokamalar markazida turibdi. Agar tahlillarga e'tibor qaratadigan bölsak, iqtisodiy pasayişlarni nafaqat bu taşkilotga, balki boşqa iqtisodiy taşkilotlarga a'zo davlatlarda ham kuzatiş mumkin. Masalan, bundan 7-8 yil avval dunyo davlatlarida iqtisodiy ösişlar örtaça 7 foiz atrofida bölgan bölsa, hozir 3,1 foiz. Bu – Jahon banki ma'lumotlari.