Bugun, 9 dekabr kuni Xalqaro matbuot markazida Xalqaro press-klubning «Özbekistonning 2019 yildagi taşqi-iqtisodiy faoliyati» natijalariga bağişlangan navbatdagi oçiq muloqot bölib ötdi.

Foto: Xalqaro press-klub

Unda Özbekistonning 2019 yildagi taşqi-iqtisodiy faoliyati, investorlarga yaratib berilayotgan imkoniyatlar, şuningdek, respublikaga investitsiyalarning kirib keliş körsatkiçlari Investitsiya va taşqi savdo vazirligi, siyosiy partiyalar vakillari hamda jurnalistlar iştirokida muhokama qilindi.

Tadbirda jurnalistlar tomonidan Özbekiston qonunçiligida alohida şaxslar manfaatlariga xizmat qiladigan qonunlar bor yoki yöqligi, agarda bunday qonunlar mavjud bölsa, nega saqlanib qolayotgani borasida savol bilan murojaat qilindi va siyosiy partiyalar vakillari bu savollarga javob berişdi.

Dilşodjon Rahmonov - Özbekiston Liberal-demokratik partiyasi:

Foto: Xalqaro press-klub

«2020 yildan proteksionizm rivojlanişiga e'tibor qaratadigan bölsak, bunday holatlar bor. Çunki, 2020 yil 1 yanvaridan proteksionizm siyosatining yanada jiddiylaşişi bu – Özbekistonda qaysidir mahsulot işlab çiqaruvçisi yoki şu mahsulotni olib kiruvçi alohida şaxs, yoki yuridik şaxsning manfaatlarini kengaytirib beradi.

Bu qarorda xuddi şunday deyilmaydi, lekin şu narsani körsatib beradi».

Fazliddin Ziyoyev - Adolat sotsial-demokratik partiyasi:

Foto: Xalqaro press-klub

«Adolat sotsial-demokratik partiyasi ham bugungi kunda ba'zi yuridik şaxslarga berilgan imtiyozlar mavjudligini qayd etadi.