Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya S-400 bo‘yicha sanksiya kiritiladigan bo‘lsa, AQSh uchun Injirlik bazasini yopishga tayyorligini bildirdi
Agarda Anqara Rossiyaning S-400 zenit-raketa tizimlarini sotib olgani uchun AQSh sanksiya joriy etadigan bo‘lsa, Turkiya amerikalik harbiylar uchun o‘zining Injirlik aviabazasini yopish imkoniyatini ko‘rib chiqishga tayyor. Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlut Chovusho‘g‘lu A Haber telekanali orqali chiqishida ma'lum qildi.
"Turkiya AQShdan Injirlik aviabazasidagi harbiylarini olib chiqib ketishini so‘rashi mumkin", - deya uning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Sabah gazetasi.
Chovusho‘g‘luning so‘zlariga ko‘ra, Anqara shuningdek, Yevropa raketadan mudofaa tizimlari joylashtirilgan "Kurejik bazasining ham maqomini o‘zgartirishi mumkin".
Turkiya tashqi siyosat mahkamasi rahbari S-400 "mudofaa tizimi" ekanligini va undan kimgadir hujum qilish uchun foydalanilmasligini yana bir bor eslatdi.
Mavzuga oid
11:46 / 10.07.2026
Turkiya omili: NATOda zarur, YeIda ortiqchami?
18:32 / 09.07.2026
«Kuchliroq NATOda kuchliroq Yevropa» – Anqaradagi sammit qanday o‘tdi?
18:10 / 09.07.2026
Erdo‘g‘an NATO yetakchilariga shaxsiy to‘pponcha sovg‘a qildi
20:08 / 07.07.2026