Jahon | 22:21 / 12.12.2019
6130
2 daqiqa o‘qiladi

Hindistonda bangladeshlik muhojirlarga fuqarolik berilishiga qarshi namoyishlar tartibsizliklarga aylanib ketdi

Rasmiy Nyu-Dehli Afg‘oniston, Pokiston va Bangladeshdan kelgan noqonuniy muhojirlarga fuqarolik olishga ruxsat berdi. Biroq Hindiston parlamenti tomonidan qabul qilingan tuzatmalarda fuqarolikni faqatgina musulmon bo‘lmaganlar olishi mumkinligi qayd qilib o‘tilgan. Bu holat Hindistonning musulmon aholisi ko‘pchilikni tashkil qiluvchi Assam va Tripura shtatlarida norozilik namoyishlari keltirib chiqardi.

Namoyishchilar ularning yerlariga bangladeshlik yuz minglab hindlar yopirilishidan xavotirlanishmoqda. Namoyishlar tartibsizliklar bilan o‘tgan: namoyishchilar avtomobillarga o‘t qo‘yishgan, yo‘llarni to‘sib, politsiya bilan to‘qnashuvlarga kirishishgan. Politsiya bunga javoban maxsus vositalar, jumladan ko‘zni yoshlatuvchi gaz qo‘llashga majbur bo‘lgan. Ta'kidlanishicha, tartibsizliklar oqibatida 30 ga yaqin odam jabrlangan.

Shuningdek, politsiyachilar namoyishchilarni tinchlatish uchun o‘qsiz patronlar otishgan. Politsiyaga yordamga armiya kuchlari jo‘natilgan, hududda komendantlik soati kiritilib, internet va mobil aloqa ishlamayapti.

Hindistonning musulmon tashkilotlarida yangi me'yorlar tahqirlovchi hisoblanishi aytilgan. Hindiston hukmron partiyasida bunga javoban ta'kidlanishicha, qonun qochqinlarni diniy e'tiqod uchun ta'qib qilinishdan himoyalashga qaratilgan. 

Hindiston bosh vaziri Narendra Modi “assamliklar”ni xavotirlanmaslikka chaqirgan. Modining ta'kidlashicha, u va markaziy hokimiyat 115 elat vakillari yashovchi Assam shtati aholisining siyosiy, lingvistik, madaniy va hududiy huquqlarini konstitutsiyaviy yo‘l bilan himoyalay oladi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid