15:29 / 12.12.2019
0
4006

IIV Malaka oshirish instituti professor-o‘qituvchilari kam ta'minlangan oilalar holidan xabar oldi

IIV Malaka oshirish instituti professor-o‘qituvchilari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Samarqand va Surxondaryo viloyatlarida o‘tkazilayotgan sayyor o‘quv yig‘inlari doirasida mahallalarda istiqomat qilayotgan kam ta'minlangan oilalar, nogironligi bor fuqarolar, yakka yolg‘iz keksa avlod vakillari hamda ichki ishlar organlari tizimida uzoq yillar mobaynida samarali mehnat qilgan va bugungi kunda nafaqada bo‘lgan faxriylarning holidan ham xabar olmoqda. 

Ushbu oilalar va fuqarolarning holidan xabar olish, ular bilan hamsuhbat bo‘lish, qalbiga quloq solish, dardini bilish, muammolarini yechish uchun amaliy ko‘mak berish savobli ishdir. 

– Bugun poytaxtimizdan bir guruh ichki ishlar organlari xodimlari vaqt ajratib, uyimizga kelib holimizdan xabar olganliklari meni juda xursand qildi, – deydi Surxondaryo viloyati Angor tumani “Hamkon” mahallasida yashovchi, 1954 yilda tug‘ilgan Chorshanbi Abduraimov. – Ko‘p yillar tumanimizdagi jamoa xo‘jaligida men suvchi, turmush o‘rtog‘im ishchi bo‘lib ishladik, 2 nafar o‘g‘il, 2 nafar qizlarni voyaga yetkazib, o‘qitib, uyli-joyli qildik. Hozirda 5 nafar nevaralarim bor, katta o‘g‘lim va kelinim 2-guruh nogironi. Tuman hokimligi, ichki ishlar organi, tibbiyot xodimlari, mahalla faollari oilamizdan tez-tez xabar olib turishadi. Buni uchun eng avvalo Davlatimiz rahbariga o‘z minnatdorligimni bildiraman, men yana bir bor amin bo‘ldimki, yurtimizda biz kabi oilalar davlatimiz e'tiboridan chetda qolmagan, Sizlarga rahmat, hamisha duo qilaman. Xalq orasiga kirib ularning dardu-hasratlariga quloq solayotgan siz kabi xodimlar sog‘-omon bo‘lishsin.

– 1942 yilda tug‘ilganman, 4 nafar o‘g‘lim va 2 nafar qizim bor, – deydi Buxoro tumanidagi “Dahcha” mahallasida yashovchi, kam ta'minlanganlar ro‘yxatida turuvchi Farohat Rahimova. – Kenja qizim 2-gurux nogironi, qimirlamay yotadi. Uning davolatishda dori-darmonlarga ko‘proq ehtiyoj sezamiz. Mahalla faollari, profilaktika inspektori doimo xabar olib turishadi. Bugun poytaxtdan kelib xolimizda xabar olayotgan IIV Malaka oshirish instituti xodimlariga minnatdorchilik bildiraman. 

–  Uy yumushlari bilan yurganimda, ichki ishlar organlari xodimlari xonadonimga kirib kelganini ko‘rib, xursand bo‘lib ketdim, – deydi Nukus shahar “Taslaq” hududida yashovchi, 1965 yilda tug‘ilgan Amangeldi Jumaboyev. –  Men bilan muloqot jarayonida muammolarim bilan qiziqishdi. Mehridaryo yurtdoshlarimiz bor ekan, qalbi kemtik insonlarni ko‘ngli hamisha ko‘tarilaveradi. Ichki ishlar vazirligi rahbariyatiga rahmatlar aytaman.

Bundan tashqari, Institut professor-o‘qituvchilari tomonidan Samarqand viloyati Tayloq tumani “Nurafshon” mahallasida yashovchi 1991 yilda tug‘ilgan 1-guruh nogironi To‘lqin Yazdonovning ham xonadoniga borib, uning xolidan xabar olindi. 

Institut professor-o‘qituvchilari tomonidan joylarda sayyor o‘quv yig‘inlari, mahallalarda va ta'lim muassasalarida targ‘ibot tadbirlari hamda kam ta'minlangan oilalar, nogironligi bor fuqarolar va yakka yolg‘iz keksa avlod vakillarining holidan xabar olish kabi ishlar joylarda davom etmoqda.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top