«Qonunchilikda taqiq yo‘q» - Mahmud Istamov amaldagi deputatning boshqa partiyadan nomzodi qo‘yilayotgani haqida

Foto: Xalqaro press-klub
13 dekabr kuni Xalqaro matbuot markazida Markaziy saylov komissiyasi raisi o‘rinbosari Mahmud Istamov va bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari Svetlana Ortiqova jurnalistlar uchun matbuot anjumani o‘tkazdi.
Anjumanda qatnashgan Kun.uz muxbiri muhokama mavzusidan kelib chiqqan holda, joylarda deputatlikka nomzod ko‘rsatishda qaysidir partiyaning amaldagi deputati yoki faolining joriy yilgi saylovlarda boshqa bir partiyadan nomzodi ko‘rsatilishi holati ko‘p uchrayotgani, bu – saylovlarga mahalliy hokimliklarning aralashuvini ko‘rsatmaydimi, mazmunida savol berdi.
«Savolingiz ko‘proq partiyalarga tegishli deb o‘ylayman. Chunki, nomzodlar ular tomonidan ko‘rsatiladi.
Shaxsni partiyaviyligini o‘zgartishi bo‘yicha qonunchilikda taqiq yo‘q. Chunki har bir odamni g‘oyasi, qarashlari o‘zgarishi mumkinligi tabiiy holat. Bugun «adolatchi» ertaga «LiDePchi» bo‘lishi mumkin.
Agar bu holatlar tashqi ta'sir asosida bo‘layotgan bo‘lsa, javobgarlik bor. Bizga shu paytgacha deputatlikka nomzod ko‘rsatishga ijro hokimliklarining aralashuvi bilan bog‘liq 41ta murojaat kelib tushgan. Demak, shamol bo‘lmasa, daraxtning uchi qimirlamaydi va bu holat bilan prokratura idoralari shug‘ullanadi.
Biz bunday holatlar bo‘lyapti ham. Bo‘lmayapti ham deyolmaymiz, chunki, qo‘limizda aniq dalil isbotning o‘zi yo‘q», deya Markaziy saylov komissiyasi raisi o‘rinbosari Mahmud Istamovning so‘zlarini keltirmoqda sayt muxbiri.
Tavsiya etamiz
Zelenskiydan mamnun, Rossiya zarbalaridan hafsalasi pir bo‘lgan. Trampning oxirgi bayonotlaridan asosiy gaplar
Jahon | 16:21 / 28.04.2025
Turkiyalik erkak operatsiyadan keyin ona tilini unutib, boshqa tilda gapirishni boshladi
Jahon | 19:42 / 27.04.2025
Havo isib ketishi va qurg‘oqchilikka tayyor turishimiz kerak – Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 15:55 / 26.04.2025
Muddat qo‘yuvchi Tramp: buning oxiri bormi?
Jahon | 22:09 / 24.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Mahsulotlarning yagona elektron milliy katalogini yuritish tartibi belgilandi
O‘zbekiston | 16:24
-
Hindiston Kashmirda sayyohlarni otib tashlagan terrorchilarning uylarini buzib tashladi
Jahon | 16:21
-
«Arsenal» va «PSJ» yana finalga chiqmoqchi. YeChL yarimfinalidagi intrigalar
Sport | 16:20
-
Rossiya O‘zbekistonda fuqarolik dronlarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston | 16:15
Mavzuga oid

10:38 / 24.02.2025
Germaniyada parlament saylovlari. Konservativlar birinchi o‘rinni egalladi

23:32 / 16.05.2024
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi devoniga rahbar tayinlandi

23:40 / 12.10.2022
Ruslanbek Davletov prezident maslahatchisi etib tayinlanadimi?

15:47 / 18.10.2021