Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Davlat organlarining jamoatchilik oldida hisobot berishi amaliyoti joriy qilinadi
O‘zbekistonda davlat organlari va tashkilotlari tomonidan o‘z faoliyati bo‘yicha jamoatchilik oldida davriy hisobot berish amaliyoti joriy qilinadi. Bu haqda byurokratik to‘siqlarni qisqartirish hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyatiga zamonaviy boshqaruv tamoyillarini joriy etish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”da aytilgan.
Qayd etilishicha, bunda har bir davlat organi va tashkilotining birinchi rahbari tomonidan o‘z faoliyati yuzasidan yarim yillik va yil yakuni bo‘yicha jamoatchilik oldida hisobot berilishi va ularni rasmiy veb-saytlarda joylashtirish amaliyotini joriy qilishni nazarda tutuvchi Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi ishlab chiqiladi.
Mas'ul ijrochilar - Vazirlar Mahkamasi, vazirlik va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa davlat organlari va tashkilotlari.
Shuningdek, davlat organlari va tashkilotlarida davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasida byurokratiyani, qog‘ozbozlikni yanada qisqartirish bo‘yicha aniq va asoslantirilgan takliflarni kiritgan holda mazkur qaror ijrosi bo‘yicha ta'sirchan monitoring va tahlil olib borish ko‘zda tutilgan.
Bunda tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish va keyinchalik amaliy chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish mo‘ljallanmoqda. Mas'ul ijrochi - Adliya vazirligi (Davletov).
Bundan tashqari, idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni asossiz cheklovlar, ortiqcha ma'muriy tartib-taomillar va eskirgan tartibga solish mexanizmlarini bartaraf etish nuqtai nazaridan qayta ko‘rib chiqish mo‘ljallangan.
Ijro muddati - 2020 yil 1 aprel. Bunda davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibini belgilovchi normalari mavjud idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni yuqoriroq yuridik kuchga ega normativ-huquqiy hujjatlarda mustahkamlagan holda tasdiqlangan grafikka muvofiq quyidagilar nuqtai nazaridan xatlovdan o‘tkazish ko‘zda tutilmoqda:
asossiz cheklovlar, ortiqcha ma'muriy tartib-taomillar va eskirgan tartibga solish mexanizmlarini bartaraf etish;
normalarni qonun hujjatlari sonini qisqartirish, normalarning ko‘payib ketishini bartaraf etish va ularni yagona normativ-huquqiy hujjatga birlashtirishni nazarda tutgan holda konsolidatsiyalash;
davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartibini O‘zbekiston Respublikasining “Ma'muriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi qonuni talablariga muvofiqlashtirish.
Mas'ul ijrochilar - Adliya vazirligi (Davletov), manfaatdor vazirlik va idoralar.
Mavzuga oid
11:56 / 06.06.2026
Qurilishga ruxsat olishda bir nechta davlat xizmatlari birlashtiriladi
12:40 / 30.05.2026
Kichik biznesga keng ko‘lamli soliq erkinliklari e’lon qilindi (batafsil)
09:45 / 30.05.2026
Ilmiy daraja berishda qator talablar bekor qilinadi
15:51 / 12.05.2026