Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya Liviyaga o‘z harbiylarini jo‘natdi – OAV
Turkiya Tripolidagi Liviya milliy kelishuv hukumatiga maxsus bo‘linma, harbiy maslahatchilar va harbiy texnika jo‘natdi. Bu haqda Al-Arabiya telekanali xabar berdi.
"Turkiya milliy kelishuv hukumati a'zolarini himoya qilish uchun Tripoliga maxsus bo‘linma jo‘natdi", - deyiladi telekanal xabarida.
Manbalarning bildirishicha, "milliy kelishuv hkumati Turkiyadan harbiy texnika ham so‘ragan".
Avvalroq Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an agarda Liviya hukumati iltimos qilsa, u yerga turk harbiylari jo‘natilishi mumkinligini ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
11:46
Turkiya omili: NATOda zarur, YeIda ortiqchami?
18:32 / 09.07.2026
«Kuchliroq NATOda kuchliroq Yevropa» – Anqaradagi sammit qanday o‘tdi?
18:10 / 09.07.2026
Erdo‘g‘an NATO yetakchilariga shaxsiy to‘pponcha sovg‘a qildi
20:08 / 07.07.2026