Jamiyat | 13:57 / 16.12.2019
5424
2 daqiqa o‘qiladi

Yo‘l-patrul xizmati xodimlari saylovlar va yangi yil munosabati bilan zarbdor oylik o‘tkazishadi

O‘zbekistonda 2019 yil 10 dekabrdan 2020 yil 10 yanvargacha DYHXX xodimlarining xizmat va ijrochilik intizomi, qonunchilikni mustahkamlash, korrupsiya holatlariga murosasiz bo‘lishlari, soha xizmatining obro‘sini ko‘tarish hamda harakat xavfsizligini ta'minlash maqsadida «Zarbdor oylik» o‘tkazilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB boshlig‘ining 2019 yil 30 noyabr kunidagi №51-sonli buyrug‘iga asosan tashkillashtirilgan tadbir munosabati bilan 15 dekabr kuni Samarqand shahri Islom Karimov ko‘chasida viloyati IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari saf tortishdi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi hamda mahalliy kengashlar deputatlari saylovi, shuningdek, kirib kelayotgan yangi yil munosabati bilan boshqarma mas'ul xodimlari tomonidan shaxsiy tarkib xodimlarining xizmat kiyimini O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining me'yoriy hujjatlariga mos ravishda kiyib yurishlari tekshirilib, saf ko‘rigi o‘tkazildi.

Shuningdek, xodimlar boshqaruvida bo‘lgan Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi tasarrufidagi patrul avtomobillari ham texnik ko‘rikdan o‘tkazilib, qishki mavsumga shayligi tekshirildi. Bundan ko‘zlangan maqsad yo‘l harakati qoidalariga amal qilish hamda sodir etilayotgan yo‘l transport hodisalarining oldini olishdan iboratdir, deb xabar beradi viloyati IIB YHXB axborot xizmati.

Шуҳрат Шокиржонов
Tayyorlagan Шуҳрат Шокиржонов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid