O‘zbekistonda 10 oy davomida 61,3 trln so‘mlik qurilish ishlari bajarildi
2019 yilning yanvar-noyabr oylarida O‘zbekiston Respublikasida jami 61,3 trln so‘m qurilish ishlari bajarilgan bo‘lib, o‘sish sur'ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 18,9 foizni tashkil etdi.
Davstatqo‘m xabariga ko‘ra, joriy davrda jami qurilish ishlari hajmi tarkibida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi 14,04 trln so‘mni tashkil etdi.
O‘tgan yilning mos davri bilan solishtirganda 7,0 foizga ko‘p ishlar bajarilgan bo‘lib, jami qurilish ishlari hajmidagi ulushi o‘tgan yildagi ko‘rsatkich darajasidan 2,4 foiz punktga kamaygan.
Kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi joriy davrda qurilish ishlarini bajargan boshqa tashkilotlarga nisbatan keskin oshganligi kuzatildi. Ular hissasiga jami qurilish ishlari hajmining 55,9 foizi to‘g‘ri kelib, o‘tgan yilning mos davridagi ko‘rsatkichga nisbatan 4,6 foiz punktga ko‘paydi. Shuningdek, ular hissasiga to‘g‘ri kelgan qurilish ishlari hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 29,3 foizni tashkil etgan holda 34,3 trln so‘m miqdorida qayd etildi.
Norasmiy sektor hissasiga to‘g‘ri kelgan qurilish ishlari ulushi o‘tgan yildagi ko‘rsatkichga nisbatan 2,3 foiz punktga kamayib, 21,2 foizni tashkil etdi va 13,0 trln so‘m miqdorida qayd etildi. O‘tgan yilning mos davridagi hajm bilan solishtirganda 8,9 foizni tashkil etgani kuzatildi.
Davlat mulkchiligidagi tashkilotlar tomonidan jami 3,9 trln so‘m yoki 2018 yilning yanvar-noyabriga nisbatan 50,1 foiz qurilish ishlari bajarildi, nodavlat mulkchiligidagi tashkilotlar tomonidan esa 57,4 trln so‘m ishlar bajarilib, o‘sish sur'ati 17,2 foizni tashkil etdi. Ularning respublikadagi ulushlari mos ravishda 6,5 foiz va 3,5 foizni tashkil etdi.
Mavzuga oid
13:58 / 31.10.2024
O‘zbekistonda ko‘proq qaysi davlat fuqarolari tahsil olayotgani ma’lum qilindi
10:50 / 31.10.2024
O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasidagi top 10 davlatlar ma’lum qilindi
08:10 / 29.10.2024
O‘zbekistonda o‘rtacha necha yoshda nikoh qurilayotgani aytildi
11:19 / 25.10.2024