XDP vakili: «Birlamchi ehtiyojdagi tovarlar narxining erkin qo‘yib yuborilishiga qarshimiz»
O‘zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasining «Zarafshon» zali Media hall’ida «Yangi O‘zbekiston - yangi saylovlar» munozara klubining navbatdagi tadbiri bo‘lib o‘tmoqda.
Unda siyosiy partiyalar debati o‘tkazilmoqda. Tadbirda hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, infratuzilma, kichik biznes va oilaviy tadbirkorlikni rag‘batlantirish, iqtisodiyotda davlat ulushini kamaytirish, davlat korxonalari samaradorligini oshirish, investitsion muhitni yaxshilash kabi masalalar bo‘yicha fikr almashilmoqda.
O‘zLiDeP vakilining aytishicha, hozirgacha nafaqat non, balki boshqa mahsulotlar bozori ham davlat tomonidan nazorat qilingan.
«Hozirga qadar nafaqat non bozori, balki boshqa mahsulotlar bozori ham davlat tomonidan nazorat qilib kelingan. Ayni paytda davlat ijtimoiy ta'minotni ham unutgani yo‘q. Kam ta'minlangan oilalarga oylik pul kompensatsiyasi berilmoqda», - deydi u.
O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi vakili bu masalaga o‘z munosabatini bildirib, kam ta'minlanganlik darajasini aniqlashning qonuniy me'yorlari yo‘qligini aytdi.
«Birlamchi ehtiyojdagi iste'mol tovarlari narxlarining erkin qo‘yib yuborilishiga qarshimiz. Berilayotgan subsidiya o‘z manziliga aniq yetib bormoqdami? Bizda kam ta'minlanganlik darajasini aniqlash bo‘yicha qonuniy me'yorlarning o‘zi yo‘q», - deydi Xalq demokratik partiyasi vakili.
Mavzuga oid
16:13 / 18.04.2023
Davlat kambag‘allikni qisqartirish choralarini ko‘rishi prinsipial masala – Xalq demokratik partiyasi
15:47 / 18.10.2021
MSK 3 kun davomida qancha saylovchi muddatdan avval ovoz berganini ma'lum qildi
12:39 / 18.10.2021
O‘zbekiston prezidentligiga nomzodlarning ishonchli vakillari o‘rtasida teledebat o‘tkaziladi
11:31 / 18.10.2021