Facebook'ning 29 ming xodimiga oid moliyaviy ma'lumotlar yozilgan disk o‘g‘irlandi
Facebook buxgalterining mashinasidan kompaniyaning 29 ming nafar xodimiga oid moliyaviy ma'lumotlar yozilgan qattiq disk o‘g‘irlandi.
Foydalanuvchilarga tegishli ma'lumotlarga zarar yetmagan. Kompaniya o‘g‘rining maqsadi ma'lumotlar emas, qattiq disklarning o‘zi bo‘lgani, ya'ni ularni qayta sotishni istaganini ma'lum qilgan.
Bloomberg agentligining ichki xatlar va vakillarga manba ko‘rsatgan holda yozishicha, Facebook kompaniyasi xodimi mashinasidan bir necha korporativ qattiq disklarning o‘g‘irlanishi haqida ma'lum qilgan. Mashinani buzib kirish 2019 yilning 17 noyabrida yuz bergan. Facebook disklar o‘g‘irlanganini 20 noyabr kuni payqagan, tergov esa 29 noyabr kuni boshlangan.
Shifrlanmagan ma'lumot saqlovchilarda xodimlarning ish haqi, kompensatsiya, bonus va aksiyalari, ularning ismlari, bank hisob raqamlari va ijtimoiy sug‘urtaning so‘nggi to‘rt raqami saqlangan. Qattiq disklarda ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilariga tegishli ma'lumotlar bo‘lmagan.
Facebook xodimlarga hodisa haqida 13 dekabr kuni ma'lum qilgan. Mazkur holat natijasida 2018 yilda kompaniyada ishlagan AQShdan bo‘lgan, jami 29 mingga yaqin xodimlar zarar ko‘rgan.
Ijtimoiy tarmoq vakillari Bloomberg`ga o‘g‘irlangan ma'lumotlarning e'lon qilinishi yoki ulardan foydalanish holatlari yuz bermaganini ma'lum qilishgan. Facebook talqiniga ko‘ra, bu ijtimoiy tarmoq xodimlariga tegishli ma'lumotlarni o‘g‘irlashga intilish emas, oddiy o‘g‘rilik bo‘lgan.
Ma'lumotlarni o‘g‘irlatib qo‘ygan Facebook buxgalteriga nisbatan intizomiy choralar qo‘llangan. Kompaniya disklardagi ma'lumotlarni tiklash uchun politsiya bilan hamkorlik qilyapti. Xodimlarga esa bankka hodisa haqida xabar berish va shaxsni o‘g‘irlash holatlaridan himoya qilish xizmatiga ikki yillik obunani rasmiylashtirishni taklif qilgan.
Mavzuga oid
19:42 / 22.10.2024
Facebook va Instagram mashhur insonlardan foydalanilgan reklama firibgarligiga qarshi kurashadi
13:53 / 22.10.2024
Meta bepul ovqatlanish kuponlariga maishiy buyumlar xarid qilgan xodimlarni ishdan bo‘shatdi
23:24 / 12.10.2024
Meta Moldovadagi prezidentlik saylovlari oldidan feyk akkauntlarni o‘chirib tashladi
19:21 / 04.10.2024