Tanqidga javob: «O‘zagrosug‘urta» o‘z faoliyati bilan bog‘liq har qanday murojaatni ko‘rib chiqish uchun doimo ochiq»
Kun.uz saytida «Turli tekshiruvchilar uchun odamlar «sog‘in sigir»mi? Urgutdagi uch voqea» sarlavhasi ostida tanqidiy material e'lon qilingan edi. Unda, jumladan, Urgutdagi mahallalardan biriga borib, aslida ixtiyoriy ish bo‘lgan uy-joy va chorva mollarini sug‘urta qilishni majburiy deb odamlarni chalg‘itib yurgan bir sug‘urta xodimi bilan bo‘lgan voqea ham keltirilgan edi.
Ushbu maqolada tasvirlangan holat yuzasidan «O‘zagrosug‘urta» AJ munosabat bildirdi.
«O‘zagrosug‘urta» aksiyadorlik jamiyatining bloger G‘ayrat Yo‘ldosh muallifligida 2019 yil 16 dekabr kuni Kun.uz sayti orqali «Turli tekshiruvchilar uchun odamlar «sog‘in sigir»mi? Urgutdagi uch voqea» sarlavhasi ostidagi maqolasi e'lon qilinganidan so‘ng «O‘zagrosug‘urta» AJ boshqaruvi raisi tomonidan holatni tezkor o‘rganish, aniqlik kiritish va tegishli tartibda ta'sir choralarini qo‘llash bo‘yicha ishchi guruh tashkil etildi.
2019 yil 17 dekabrda «O‘zagrosug‘urta» AJ Samarqand viloyati filiali boshqaruvchisi A.Boliyev boshchiligida voqea joyiga borib o‘rganildi.
«O‘zagrosug‘urta» AJ Urgut tumani bo‘linmasi sug‘urta agentlari Ortiqjon Abdurashidov va Maftuna Meliqulovaning xatti-harakatlariga oydinlik kiritish maqsadida «Jayratepa» mahallasida fuqarolar bilan uchrashuv tashkil etildi.
Polis sotib olgan R.Bahriyev va S.Nabiyevning bildirishicha, ular 2019 yil 30 noyabr kuni 40 ming so‘m evaziga mol-mulkini tuman «O‘zagrosug‘urta» bo‘linmasi xodimlari tomonidan o‘z ixtiyoriga ko‘ra sug‘urta qilishgan.
Bundan tashqari, «Jayratepa» MFY raisi X.Ahmedov shu vaqtga qadar mahalla fuqarolaridan majburiy sug‘urta bo‘yicha hech qanday shikoyat yoki murojaat kelib tushmaganini ma'lum qildi.
Uchrashuv yakunida mahalla fuqarolariga majburiy va ixtiyoriy sug‘urta turlari, sohaga oid qonunchilik yuzasidan ma'lumot berildi.
«O‘zagrosug‘urta» AJ boshqaruvi bloger G‘ayrat Yo‘ldosh ilgari surgan masalalarni keskin rad etishdan yiroq. Darhaqiqat, bugungi kunda O‘zbekiston sug‘urta bozorida kadrlar muammosi mavjud va bu kamchiliklar Davlatimiz rahbarining 2019 yil 2 avgustdagi «O‘zbekiston Respublikasining sug‘urta bozorini isloh qilish va uning jadal rivojlanishini ta'minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-4412-sonli qarorida ham alohida ta'kidlangan.
Xususan, sug‘urta bozori mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish, sug‘urta sohasida ta'lim berishning zamonaviy usullarini qo‘llash, ilmiy-tadqiqot faoliyatini rag‘batlantirish borasida so‘z borgani shular jumlasidandir.
Hozirgi paytda «O‘zagrosug‘urta» AJ tizimida 2 ming nafarga yaqin sug‘urta agentlari faoliyat yuritmoqda. «O‘zagrosug‘urta» AJ kadrlar salohiyatini oshirish borasida qator ishlarni amalga oshirmoqda. Masol uchun, ushbu masala bo‘yicha Rossiya, Chexiya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Xitoy singari davlatlar bilan hamkorlikni rivojlantirishga e'tibor qaratilmoqda. Bundan tashqari, jamiyat qoshida o‘quv markazi faoliyati yo‘lga qo‘yilib, darslarga respublika oliy o‘quv yurtlarining professor o‘qituvchilari jalb etilmoqda. Shuningdek, tizimdagi tajribali kadrlarni boshqa oqsayotgan hududlarga yuborish ham kadrlar malakasi oshishiga xizmat qilmoqda.
Shu kunga qadar, mazkur maqolada ta'kidlangan chorva hayvonlari sug‘urtasi bo‘yicha «O‘zagrosug‘urta» AJ mutaxassislari tomonidan bosma nashrlar va internet saytlarida qator materiallar chop etildi.
«O‘zagrosug‘urta» aksiyadorlik jamiyati bloger G‘ayrat Yo‘ldoshning sohaga oid muammolarni yoritishdagi faolligini qadrlaydi va minnatdorchilik bildiradi. Jamiyat faoliyati bilan bog‘liq har qanday murojaatlarni ko‘rib chiqishga doimo ochiqligini ma'lum qiladi», — deyiladi «O‘zagrosug‘urta» AJ axborot xizmati munosabatida.
Mavzuga oid
10:54 / 02.08.2024
Urgutda yo‘ldan o‘tayotgan 3 yoshli bola Cobalt urib ketishi oqibatida vafot etdi
22:17 / 29.07.2024
Samarqandda sodir bo‘lgan mudhish «avariya»da uch kishi hayotdan ko‘z yumdi
10:27 / 25.08.2023
Urgutda «Malibu-2» urib yuborgan piyoda halok bo‘ldi
10:13 / 05.08.2023