Vloger samolyotdagi narxi 68 ming dollarlik joy qanday bo‘lishini namoyish qildi
Amerikalik rejissyor va vloger Keysi Neystat Etihad aviakompaniyasining A380 samolyotidagi The Residence apartamenti qanday ekanligini namoyish qildi. Lavha uning YouTube-kanaliga joylashtirilgan.
Bunday joy uchun chipta narxi 68 ming dollar turadi. Yo‘lovchi ushbu narx evaziga mehmonxona, yotoqxona va yuvinish xonasiga ega bo‘ladi.
Lavhadan ma'lum bo‘lishicha, Neystat Abu-Dabidan Nyu-Yorkka uchayotgan avialaynerga chiqqan. U dastlab salqinlatuvchi ichimliklar solingan yig‘ma javonli divan va televizor bilan jihozlangan xonada bo‘ladi.
Keyin esa yotoqxona namoyish etiladi. Bu xonada ham televizor va ikki kishilik yotoq joyi bor.
Cho‘milish xonasida 10 daqiqa davomida iliq suvda cho‘milishi mumkin. Yo‘lovchi cho‘milib bo‘lganidan so‘ng unga oppoq xalat taklif etiladi.
Neystat lavha nihoyasida to‘rt xil taomdan iborat tushlikni tanovul qiladi.
Mavzuga oid
21:10 / 10.11.2024
Toshkentdan Jiddaga uchgan samolyot ortga qaytishga majbur bo‘ldi
12:02 / 02.11.2024
Myunxendan Shanxayga uchayotgan samolyot Toshkentga favqulodda qo‘ndi
11:56 / 02.11.2024
Aviatsiya tarixidagi g‘alati halokat: uchuvchi nega samolyotni tog‘ga olib borib urgandi?
20:47 / 21.09.2024