Ekologik partiya vakili: «O‘zini arqon bilan daraxtga bog‘lash bizning urf-odatlarimizga ham, faoliyatimizga ham to‘g‘ri kelmaydi»
Markaziy saylov komissiyasi Xalqaro matbuot markazida Xalqaro press-klubning navbatdagi tadbiri bo‘lib o‘tmoqda.
«Saylov kampaniyasini 80 kuni: qanday va'dalar berildi va imkoniyatlardan qanday foydalanildi» mavzusidagi tadbirda siyosiy partiyalar, OAV vakillari va blogerlar ishtirok etmoqda.
O‘zbekiston Ekologik partiyasi vakili Saidrasul Sanginovning so‘zlariga ko‘ra, partiya shu yilgi saylov kampaniyasida 117ta hududda mitinglar tashkil etdi.
Shuningdek, S. Sanginov jurnalist Malohat Yo‘ldoshevaning O‘zbekiston Ekologik partiyasi vakillariga o‘zlarini daraxtga bog‘lash bo‘yicha taklifiga munosabat bildirdi.
«Jurnalist tomonidan bizning partiyaga berilgan arqon o‘zini ko‘rsatish va populizmdan boshqa narsa emas. O‘zini arqon bilan daraxtga bog‘lash bizning urf-odatlarimizga ham, faoliyatimizga ham to‘g‘ri kelmaydi. Bundan ko‘ra daraxtni asrash uchun qonuniy, huquqiy harakat qilamiz. Bizning partiya bunday harakatni saylov kampaniyasini ta'sirchan qilish uchun ham qo‘llamaydi», - deydi Saidrasul Sanginov.
Eslatib o‘tamiz, joriy yil 16 dekabr kuni Xalqaro press klubda siyosiy partiyalar ishtirokida navbatdagi anjumani davomida so‘zga chiqqan jurnalist Malohat Yo‘ldosheva O‘zbekiston Ekologik partiyasi vakillariga o‘zlarini daraxtga bog‘lashlarini taklif qilgandi.
«Ekologik partiya tashkil topganiga 11 oy bo‘ldi, saylov kampaniyasi e'lon qilinganiga 85 kun bo‘ldi. Besh kun vaqtinglar qoldi. Shuncha paytdan buyon shuncha daraxt kesilyapti. Lekin birorta partiya vakili chiqib, shu kesilayotgan daraxt uchun men turib beraman deganini ko‘rsatmadi.
Men bugun Ekologik partiyaga hammaning oldida mana shu arqonni beraman. Mana shu arqon bilan respublikada kesilayotgan har bitta daraxtga Ekologik partiya a'zosi o‘zini bog‘lasin», dedi jurnalist.
Mavzuga oid
12:00 / 25.10.2024
Saylov yaqin, partiyalar nimalarni va’da qiladi? – Kun debati
17:14 / 16.09.2024
“Ekologiya sohasida ixtisoslashgan sudlarni tashkil etish zarur” - ekopartiya
12:50 / 08.09.2024
Ekologik partiya ham nomzodlar ro‘yxatini e’lon qildi
21:23 / 19.02.2024