Sönggi vaqtlarda Özbekistonda ekologik huquqbuzarliklar soni ortib borayotgani tufayli bu sohada ixtisoslaşgan sudlar taşkil etiş masalasi dolzarblik kasb etmoqda. Joriy yilgi saylovlarda Özbekiston Ekologik partiyasi ekologiya sohasidagi huquqbuzarliklar va jinoiy işlar böyiça ixtisoslaşgan sudlarni taşkil etiş taşabbusini ilgari surdi. Mazkur taşabbus ekologik huquqlarni himoya qiliş va ekologik muammolarga yeçim topişda muhim ahamiyatga ega bölişi kutilmoqda.
Bugungi kunda xalqaro miqyosda faoliyat yuritadigan ekologik sudlar mavjud bölib, ular atrof-muhitni muhofaza qiliş bilan boğliq xalqaro nizolarni turli şakllarda hal qiladi. Dunyoda ekologik sudlarni şakllantiriş tendensiyasi ham sezilarli darajada ösib bormoqda. 2010 yilga kelib, 50 dan ortiq mamlakatda 360 ta milliy va mintaqaviy ekologik sudlar taşkil etilgan.
Ekologik partiyaning bu taklifi asosida ixtisoslaşgan ekologik sudlarni taşkil etiş insonlarning ekologik huquqlarini himoya qilişda muhim qadam bölişi mumkin. Ta’kidlanişiça, bu ekologik nizolarni hal qiliş, ekologik jinoyatlarga qarşi kuraşiş va ekologik masalalarga e’tiborni kuçaytirişda samarali mexanizm sifatida xizmat qiladi.
Batafsil: ecouz.uz/news/63











