Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
IIV Transportda xavfsizlikni ta'minlash bosh boshqarmasi tuzilmasida Situatsion-tahliliy markaz tashkil etildi
Vazirlar Mahkamasining “Transport va turizm obektlarida xavfsizlikni ta'minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Transportda xavfsizlikni ta'minlash bosh boshqarmasi tuzilmasida Situatsion-tahliliy markaz tashkil etildi.
Quyidagilar Markaz faoliyatining asosiy yo‘nalishlari etib belgilandi:
transport va turizm obektlari hamda ularga tutash hududlardagi holat va vaziyatni monitoring qilish, kelib tushgan ma'lumotlar tahlili asosida vaziyatning kelgusi rivojlanishini prognoz qilish;
transport va turizm obektlari hamda ularga tutash hududlarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavf-xatarlar to‘g‘risidagi ma'lumotlarni yig‘ish, tizimlashtirish, jamlash va tahlil qilish;
transport va turizm obektlari hamda ularga tutash hududlarda huquqbuzarlik holatlari, tabiiy va texnogen tusdagi hodisalarning oldini olish va ularning oqibatlarini bartaraf etish yuzasidan tezkor va samarali choralar ko‘rish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish;
transport va turizm obektlari hamda ularga tutash hududlarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavflar to‘g‘risida Bosh boshqarma Navbatchilik qismini tezkor ma'lumotlar bilan ta'minlash.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Toshkent shahar Mirobod tumani, Taras Shevchenko ko‘chasi, 62-uy manzilida joylashgan Bosh boshqarma hududida Markaz binosini qurish haqidagi taklifi ma'qullandi.
Mavzuga oid
18:41 / 23.06.2026
O‘zbekistonda 464 ta yonilg‘i quyish shoxobchasi faoliyati vaqtincha to‘xtatildi
10:24 / 24.05.2026
$57 millionlik ezgu tashabbus va IIVdagi ikki xil standart - hafta dayjesti
11:51 / 22.05.2026
IIV, Adliya va Tog‘-kon vazirligi - davlat boshqaruvidagi eng ilg‘or idoralar
17:45 / 30.04.2026