Jamiyat | 15:00 / 19.12.2019
8147
4 daqiqa o‘qiladi
Reklama

LG CordZero changyutkichlari – mutlaq tozalik garovi

Foto: LG

LG kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan CordZero changyutkichining ultra zamonaviy modeli har safar oyoqqa o‘ralashuvchi simlar va elektr rozetkasi joylashuvidan to‘liq erkinlik hadya etadi. Texnika kosmik ko‘rinishga ega – futuristik dizayn qarshimizda kelajak texnologiyasi turganini yodga soladi. Changyutkich o‘zida to‘rt xil uzunlikka ega teleskopik naycha, ikkita akkumulyator va ushlagichda joylashgan konteynerni o‘zida mujassam etgan.

Darvoqe, changto‘plagich maksimal darajada tez tozalanadi – shunchaki chiqindilar uchun quti ustidagi tugmani bosish kerak. Changyutkichni saqlash va zaryadlash ham oson: devorda, vertikal yoki gorizontal holatda. O‘zining ixcham va soddagina ko‘rinishiga qaramay, bu apparatning kuchi yetarlichadir. Bitta batareya boshlang‘ich rejimda – xonani qirq daqiqa, kuchli rejimda – to‘qqiz daqiqa, turborejimda esa olti daqiqa davomida tozalashga yetadi. Ikkita zaryadlangan akkumulyator bu ko‘rsatkichni ikki barobar oshiradi. Bu vaqt hattoki eng katta xonadonni ham obdon tozalab chiqish uchun yetadi. Shuningdek, endi o‘zingiz bilan changyutkichning qo‘pol va noqulay korpusini ko‘tarib yurishingiz va uning simlari ustidan sakrab o‘tib yurishingizga hojat qolmaydi.

Quvvat to‘g‘ridan-to‘g‘ri tozalash cho‘tkasiga yetib boradi – to‘g‘ri o‘tkazgichli Power Drive Nozzle ichki motori tekis polda ham, gilamda ham kir, chang, junlarni bir me'yordagi yig‘ish hamda tortib olish kuchini ta'minlaydi. Invertorli motor vakuumli siklon kameralari ichida tez havo oqimini yaratadi – u xonani yanada samaraliroq tozalash uchun yuqori kuchlanishli so‘rib olishni ta'minlab beradi. Changyutkichning zamonaviy modelini qo‘shimcha nasadkalarsiz tasavvur qilish qiyin –  CordZero komplektida to‘rt xil nasadka bo‘lib, bu hattoki yetib borish qiyin bo‘lgan eng murakkab joylarni ham tozalash mumkinligini anglatadi.  

LG CordZero changyutkichlarini xarid qilish uchun, shuningdek, narxlar bilan tanishish uchun quyidagi savdo nuqtalariga murojaat eting:

  • «Fleshka» texnobozori (sobiq «Malika» fabrikasi);
  • «Ipak Yo‘li» bozori (sobiq «Abu-Saxiy»);
  • MEDIAPARK Bozori tarmoqlari (+998 71 203 33 33);
  • «GOODZONE» do‘konlari tarmog‘i (+99871 207 03 07);
  • «Credit Asia» do‘konlar tarmog‘i (+998 78 140 00 11);
  • «Next» SKMdagi LGning rasmiy do‘koni (+99895 143 00 03).

Servis xizmatlari masalalari bo‘yicha esa, iltimos, LG xaridorlarini qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojaat eting: 0800 120-22-22.

O‘zbekiston aholisi uchun ushbu raqam bepul. Muhim: raqamni to‘liq terish lozim.

LG Uzbekistan rasmiy sahifalarini ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

Facebook: fb.com/LGUzbekistan

Instagram: @LGUzbekistan

Telegram: t.me/lguzbekistan

Reklama huquqi asosida

#LG

Mavzuga oid