Saylov-2019: muddatidan oldin ovoz berishda qancha fuqaro ishtirok etgani ma'lum qilindi
Bugun, 19 dekabr kuni Markaziy saylov komissiyasi Xalqaro matbuot markazida navbatdagi tadbir bo‘lib o‘tdi.
Kun.uz muxbirining xabar berishicha, Markaziy saylov komissiyasi kotibiyat mudiri Xudoyor Mamatov Oliy Majlis Qonunchilik palatasi saylovida muddatidan oldin ovoz berishda necha nafar fuqaro ishtirok etganini ma'lum qildi.
«12 dekabrdan 18 dekabr soat 18:00ga qadar saylovchilarning muddatidan oldin ovoz berishi jarayonlari o‘tkazildi. Joylardan olingan ma'lumotlarga asosan, muddatidan oldin ovoz berishi jarayonida mamlakatimiz bo‘yicha 59 226 nafar saylovchi hamda xorijiy davlatlardan 89 807 nafar saylovchi vatandoshlarimiz ishtirok etdilar.
Bu mamlakatimiz tarixidagi milliy saylov tizimida xorijiy davlatlarda ilk bora muddatidan oldin ovoz berish jarayonlarining uyushqoqlik bilan tashkil etilganligi samarasidir.
Hali oldinda asosiy kun, 22-dekabr – saylovda ovoz berish kuni turganligini inobatga olsak, xorijdagi vatandoshlarimizning joriy yil saylovlarida nihoyatda faol va ko‘p sonli ishtirok etishlarining guvohi bo‘lishimiz mumkin. Bundan vatandoshlarimiz mamlakatda amalga oshirilayotgan insonparvar islohotlar va odilona siyosatdan rozi va qo‘llab-quvvatlamoqdalar deb xulosa qilishimiz mumkin. Albatta, bu quvonarli hol», - dedi Xudoyor Mamatov.
Mavzuga oid
15:54 / 19.08.2024
“Aralash tizim partiyalarni faollashtirishidan umidvormiz” - MSK vakili
15:47 / 26.03.2024
Gurjistonda hukmron partiya MSK ustidan nazoratni qo‘lga kiritdi
13:17 / 20.06.2023
Prezident saylovida muddatidan oldin ovoz berish 28 iyundan boshlanadi
20:23 / 01.05.2023