Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp 20 dekabr kuni 2020 yil uchun harbiy budjetni imzolaydi
AQSh prezidenti Donald Tramp 20 dekabr kuni 2020 moliyaviy yil uchun (1 oktyabrdan boshlangan) harbiy budjetni imzolashi kutilmoqda. Bu haqda Politico gazetasi xabar berdi.
Mudofaa budjeti 738 mlrd dollarni tashkil etadi, bu 2019 moliyaviy yildagiga nisbatan 3,1 foizga ko‘pdir (716 mlrd dollar). Pentagonning asosiy ehtiyojlariga 635 mlrd dollar ajratiladi, Afg‘oniston, Suriya, Yamandagi harbiy operatsiyalarni davom ettirish va boshqa davlatlarda terrorchilarga qarshi kurashishga 71,5 mlrd dollar yo‘naltiriladi. 31,5 mlrd dollar miqdoridagi mablag‘ yadro qurolini shay holatda tutib turish va uni modernizatsiya qilishga sarflanadi.
Ukrainaga harbiy yordam uchun 300 mln dollar ajratilishi mo‘ljallanmoqda, bu o‘tgan moliyaviy yildagiga nisbatan 50 mln dollarga ko‘proq.
Hujjat Turkiyaga beshinchi avlod F-35 qiruvchi samolyotlarini berishni taqiqlaydi. Shuningdek, unda bildirilishicha, Anqara tomonidan Rossiyaning S-400 zenit raketa tizimi sotib olinishi "Rossiyaning Yevropa va Yevrosiyodagi ta'siriga qarshi turish” to‘g‘risidagi qonun moddasiga tushadi, bu esa prezident tomonidan sanksiya kiritilishini ko‘zda tutadi.
Budjetda Pentagonga "turk uchuvchilarini o‘qitish uchun foydalanilgan Turkiyaning oltita F-35 qiruvchi samolyotini Amerikadagi aviabazada saqlab turish uchun 30 mln dollargacha mablag‘ sarflashga" ruxsat berilgan.
Mavzuga oid
23:30 / 07.01.2026
AQSh Eron oliy rahbarini yo‘q qilishi mumkin – senator Grem
21:07 / 07.01.2026
Eng mashhur josuslardan biri Oldrich Eyms AQSh qamoqxonasida vafot etdi
20:38 / 07.01.2026
AQSh harbiylari Atlantika okeanida Rossiya bayrog‘i ostidagi neft tankerini qo‘lga oldi
19:50 / 07.01.2026