Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2020 yildan jamoat transportida yo‘l haqini to‘lashning avtomatlashtirilgan tizimiga o‘tiladi
2020 yil 1 yanvardan Toshkent shahridagi umumiy foydalaniladigan transportda yo‘lovchi tashishda yo‘l haqini to‘lashning avtomatlashtirilgan tizimi joriy etiladi.
Poytaxt hokimligi xabariga ko‘ra, mazkur tadbir bosqichma bosqich amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
2019 yil dekabr oyi oxirida metropoliten kassalari va “Toshshahartransxizmat” AJ savdo shoxobchalarida hamda “Aloqabank” filiallarida transport kartalari sotilishi boshlanadi. Yangi to‘lov tizim yo‘lga qo‘yish ishlari BPC billet group xalqaro xolding kompaniyasi hamda “Yagona Umumrespublika Protsessing Markazi” MChJ bilan hamkorlikda olib borilmoqda.
Ayni paytda ushbu kompaniyaning Rossiyadagi filiali mutaxassislari “Toshshahartransxizmat” AJ tasarrufidagi avtobus saroylarining haydovchi va chiptachilari hamda g‘aznachilariga o‘quv-mashg‘ulotlarini o‘tkazmoqda. Ularda ishtirokchilarga elektron to‘lov amaliyoti, jamoat transportiga validatorni qanday o‘rnatish va ulardan foydalanish tartib-qoidalari, yangi yo‘l kartalarining afzalligi va boshqa mavzuga oid ko‘nikmalar o‘rgatilmoqda.
Birinchi bosqichda Toshkent shahrida harakatlanayotgan 200 ta avtobusga statsionar validatorlar o‘rnatiladi. Qolganlarida esa chiptachilar qo‘lida mobil validator bo‘ladi.
Ushbu tizim doirasida jamoat transporti uchun yagona transport kartalari, to‘lovni amalga oshirish imkonini beradigan mobil ilova xamda bir martalik QR chiptalar joriy etiladi. Mazkur kartalarni savdo nuqtalari, metropoliten, avtovokzal, temir yo‘l kassalari va aeroportlardan sotib olish mumkin bo‘ladi.
Shuningdek, mazkur tizimda yo‘l haqi uchun to‘lovlarni kontaksiz bank kartalari (Humo, Uzkart, Masterkard, Vizakart va boshqalar) orqali amalga oshirish imkoniyati yaratiladi.
Yagona transport kartalarini bank plastik kartalaridagi mablag‘lar, bankomatlar, kiosklar, to‘ldirish terminallari hamda mobil ilovalar orqali to‘ldirish mumkin bo‘ladi.
Kutilayotgan natijalar:
yo‘l haqi to‘lovlari yig‘imi 15-25 foizga ko‘payadi;
tashuvchi korxonalarning daromadlari oshishi orqali harakat tarkibini tizimli yangilashga sharoit yaratiladi;
yo‘nalish tizimlarini maqbullashtirish va samarali rejalashtirish uchun texnologik asoslar yaratiladi.
Hozirda Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 25 noyabrdagi “Umumiy foydalaniladigan transportda yo‘lovchi tashishda yo‘lkira haqini to‘lashning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi qarorining ijrosi yuzasidan mutasaddi tashkilotlar tomonidan tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Mavzuga oid
15:47
Toshkentda tug‘uruqqa sog‘lom kirgan 21 yoshli ayol ikki oydan buyon og‘ir ahvolda
12:29
Toshkentda yong‘inga qarshi alohida rejim: nimalar qilinadi?
10:25 / 18.06.2026
Toshkentning yangi xalqaro aeroportini qurish bo‘yicha DXSh bitimi imzolandi
11:35 / 17.06.2026