Erdo‘g‘an Haftar tarafida yollanma askarlar jang qilayotgani to‘g‘risidagi xabarlardan xavotirda ekanligini aytdi

Foto: Anadolu
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an feldmarshal Xalifa Haftarning Liviya milliy armiyasi tarafida yollanma askarlar jang qilayotgan bo‘lishi mumkinligi borasida xavotir bildirdi.
"Ularga (yollanma askarlarga) kim pul to‘layotganini kim biladi. Liviyada shunday vaziyatki, biz kuzatuvchi bo‘lib turishimiz noto‘g‘ri", - dedi Turkiya prezidenti.
Shu bilan birga, Erdo‘g‘an Liviyaga "Misr, BAA, Fransiya va hatto Italiya" qiziqayotganligini aytdi.
"Hozirda Rossiya ko‘rinmayotgan bo‘lsa-da, u yerda Rossiya tuzgan harbiy kompaniya bor. Amerikaning bunday kompaniyalari juda ko‘p. Masalan, sobiq harbiylardan tashkil topgan bunday kompaniyalar Afg‘onistonda mavjud. Ularga katta pul to‘lashyapti va ular Afg‘onistonda noqonuniy jang qilishmoqda", - dedi Erdo‘g‘an.
Hozirda Liviyada bir vaqtning o‘zida ikkita ijro hokimiyati: Foiz Sarajning xalqaro darajada tan olingan Milliy kelishuv hukumati va parlament hamda Liviya milliy armiyasi tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan Abdulla Abdurahmon at-Taniyning vaqtinchalik hukumati mavjud.
Tavsiya etamiz
O‘zbekiston Mobiuz kompaniyasini xalqaro sotuvga qo‘ydi
O‘zbekiston | 23:10 / 09.06.2025
Toshkentda ilk BRT tizimi: u qanday ko‘rinishda bo‘ladi?
O‘zbekiston | 20:17 / 07.06.2025
Bir nechta tashkilotlar Enter Engineering kompaniyasini sudga berdi
O‘zbekiston | 17:39 / 07.06.2025
Xatolar ulg‘aytirgan jamoa. O‘zbekistonning mundial sari uzoq yo‘li haqida
Sport | 15:27 / 07.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Islom inqilobi muhofizlari korpusi boshlig‘i Isroil zarbasi oqibatida halok bo‘lgan
Jahon | 10:42
-
Oyatulloh Xominaiy Isroilga «qattiq jazo» bilan tahdid qildi
Jahon | 10:30
-
Aybsizlik prezumpsiyasiga oid normalar takomillashtirilyapti
O‘zbekiston | 10:21
-
TIV Eron va Isroilda yashovchi O‘zbekiston fuqarolariga murojaat bilan chiqdi
O‘zbekiston | 09:55
Mavzuga oid

20:11 / 31.05.2025
Erdo‘g‘an Putin va Zelenskiyni to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralarga chaqirmoqda

16:21 / 22.05.2025
«Yaqin orada Shimoliy Kiprning Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo bo‘lgan kunlarni ham ko‘ramiz» – Erdo‘g‘an

20:30 / 17.05.2025
Erdo‘g‘an Qora dengizda 30 milliard dollarlik gaz koni topilganini e’lon qildi

13:56 / 17.05.2025