Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fazoda favqulodda vaziyat: NASA’ning yangi kemasi belgilangan orbitaga chiqa olmadi
AQShning Xalqaro koinot stansiyasiga uchirilgan yangi fazoviy kemasi Starliner belgilangan orbitaga chiqa olmadi. Ta'kidlanishicha, kemada dvigatel bilan muammolar kuzatilgan.
Kema ayni vaqtda barqaror orbitada qolib, Yerdagi jamoa keyingi harakatlar variantlarini ko‘rib chiqmoqda. Xyustondagi parvozlarni boshqarish markazi buyruqlariga ko‘ra kema quyosh batareyalari bilan Quyosh tomon burilgan va akkumulyatorlarini quvvatlamoqda.
NASA rahbari Jim Braydenstayn kemada dvigatellar ishlamaganini ma'lum qilgan.
LIFTOFF! 🚀 @BoeingSpace's #Starliner spacecraft launched at 6:36am ET and is on its way to the @Space_Station. This @Commercial_Crew demonstration flight marks a milestone in a new era of U.S. human spaceflight systems. Watch: https://t.co/CVvXzb8pww pic.twitter.com/8V6Rt8FwQl
— NASA (@NASA) December 20, 2019
“XKS bilan uchrashish uchun zarur bo‘lgan dvigatellar yoqilmagan”, deb ma'lum qilgan Braydenstayn.
Kema bortida ayol maneken va XKS ekipaji uchun sovg‘alar bor.
Yangi fazoviy kema Boeing kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan. U 13 tonna og‘irlikka ega va 7 fazogirdan iborat ekipaj uchun mo‘ljallangan. Kema 60 soat davomida avtonom parvozni amalga oshira oladi. U 20 dekabrda Kanaveral burnidagi aviabazadan Atlas raketa-tashuvchisi yordamida XKS tomon uchirildi.
Mavzuga oid
20:18 / 03.12.2025
Tarixda birinchi marta XKSga bir vaqtning o‘zida 8 ta kosmik kema ulandi
00:20 / 02.05.2025
NASA’ning ikki ayol astronavti XKS bortidan ochiq kosmosga chiqdi
19:25 / 18.03.2025
Xalqaro kosmik stansiyada 9 oy qolib ketgan astronavtlar Yerga qaytmoqda
17:05 / 16.03.2025