15:17 / 20.12.2019
0
7741
Reklama

LG'dan DoorCooling funksiyasi: yanada ko‘proq soflik

Foto: LG

LG Electronics kompaniyasi o‘z iste'molchilariga LG DoorCooling+ muzlatkichlarida mahsulotlar saqlashning mutlaqo yangi, noyob texnologiyasini taqdim etadi. Barchasi avvalgidek, oddiy: ixchamgina dizayn, muzlatkich panelida ortiqcha detallarning yo‘qligi, tayyor oshxona intereriga uyg‘un holda mos tushuvchi universal rang, jozibador yuza qismi va albatta, funksionallik. Axir hamma muhim bo‘lgan narsalar tashqarida emas, ichkarida joylashgan bo‘ladi, shu sababli muzlatkichning asosiy vazifasi – mahsulotlarning tabiiy sofligini imkon qadar ko‘proq saqlab qolishdir.

Door Cooling+ sovutish texnologiyasi o‘zida nafaqat markaziy javonlarda, balki eshiklardagi savatchalarda ham bir maromda sovutishni ta'minlaydigan ichki tepa qismdan tushuvchi qo‘shimcha havo puflagichni mujassamlashtirgan.

Invertor liniyali kompressor o‘n yillik kafolat bilan deyarli shovqinsiz ishlaydi va harorat tebranishini kamaytiradi, buning hisobiga esa mahsulotlarning ta'mi va tashqi ko‘rinishi uzoq vaqtgacha buzilmaydi. LG'ning maxsus texnologiyasi – FRESHBalancer esa sabzavotlar, mevalar va boshqa mahsulotlarni saqlash uchun optimal iqlim sharoitini yaratadi. 

Intensiv havo oqimi muzlatkichdagi sovutish tezligini 32 foizgacha oshiradi, FRESHConverter funksiyasi esa go‘sht, baliq va sabzavotlar uchun  individual harorat rejimini tanlashga yordam beradi. Muzlatkichni masofadan turib, smartfoningiz orqali boshqarishingiz mumkin.

Ichki qismda mayda detallargacha e'tibor berilgan – taxlanuvchi tokcha, shuningdek, beshtaga yaqin butilkalarga mo‘ljallangan shishalar uchun javon tufayli endi salqin ichimliklarni muzlatkichda saqlash yanada qulay bo‘ladi. Endilikda katta kastryulkalar, baland idishlar osongina o‘z joyini topadi. LG'ning Door Cooling 9GA-B509PBAZ modelidagi muzlatkichlarida ularni joylashtirganda devor bilan oraliq masofa saqlash zarurati mavjud emas, shu sababli uni devorga zich tarzda joylashtirgan holda eshiklarni ham 90 darajada ochib, ichkidagi qutilarni bemalol siljitish mumkin.

LG Door Cooling 9GA-B509PBAZ «aqlli» muzlatkichlarini xarid qilish, shuningdek, narxlar bilan tanishish uchun quyidagi savdo nuqtalariga murojaat qiling:

  • «Fleshka» texnobozori (sobiq «Malika» fabrikasi);
  • «Ipak Yo‘li» bozori (sobiq «Abu-Saxiy»);
  • MEDIAPARK Bozori tarmoqlari (+998 71 203 33 33);
  • «GOODZONE» do‘konlari tarmog‘i (+99871 207 03 07);
  • «Credit Asia» do‘konlar tarmog‘i (+998 78 140 00 11);
  • «Next» SKMdagi LGning rasmiy do‘koni (+99895 143 00 03).

Servis xizmatlari masalalari bo‘yicha esa, iltimos, LG xaridorlarini qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojaat eting: 0800 120-22-22. O‘zbekiston aholisi uchun ushbu raqam bepul. Muhim: raqamni to‘liq terish lozim.

LG Uzbekistan rasmiy sahifalarini ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

Facebook: fb.com/LGUzbekistan

Instagram: @LGUzbekistan

Telegram: t.me/lguzbekistan

Reklama huquqi asosida

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top