Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Sankt-Peterburgga yetib bordi
17-20 dekabr kunlari davlat tashrifi bilan Yaponiyada bo‘lgan O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 20 dekabr kuni Rossiyaning Sankt-Peterburg shahriga tashrif buyurdi.
«Pulkovo» xalqaro aeroportida davlat rahbarini Leningrad viloyati gubernatori Aleksandr Drozdenko va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
Shavkat Mirziyoyev Sankt-Peterburgda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a'zo mamlakatlar rahbarlarining norasmiy uchrashuvida ishtirok etadi. MDH davlatlari yetakchilari ko‘p tomonlama hamkorlikning holati va uni rivojlantirish istiqbollari yuzasidan fikr almashadi.
Eslatib o‘tamiz, 2020 yilda Hamdo‘stlikda O‘zbekiston Respublikasi raislik qiladi.
Mavzuga oid
13:33 / 12.03.2026
Moldova hukumati mamlakatning MDHdan chiqishini ma’qulladi
08:25 / 27.02.2026
Xayrulla Ibodullayevga «Jasorat» medali tantanali topshirildi
13:41 / 25.02.2026
Peterburg gubernatori Xayrullo Ibodullayevni ko‘krak nishoni bilan mukofotladi
21:11 / 23.02.2026