Londonga sayohat qilgan kişi borki, u yerdagi maşhur qizil telefon budkasini körgan va uning şahar böylab keng tarqalganiga e'tibor qaratgan. Lekin köpçilik ham uning ommalaşiş tarixidan boxabar emas. Kun.uz jamoasi Angliyaga safari davomida şaharga körk berib turuvçi uşbu «kiçik obida» bilan qiziqdi.
Angliyada dastlabki telefon kioskalari 1921 yilda paydo bölgan bölib, şartli ravişda K1 (Kiosk 1) deb nomlangan, ammo bu model keyinçalik işlab çiqarilgan qizil telefon budkalaridan farq qilgan. K1 betondan işlangan bölib, vazni juda oğir bölgani sababli ommalaşmagan. Hozirda Buyuk Britaniya böylab K1 namunasidagi telefon budkalaridan faqat oltitagina saqlanib qolgan.

K1 dunyo yuzini körgandan uç yil ötib, yangi namunadagi telefon kioskalarini işlab çiqariş harakati boşlanadi. Uşbu maqsadda 1924 yil tanlov e'lon qilinib, unda uç nafar maşhur arxitektor – Robert Lorimer, Jon Burnet hamda Gilz Gilbert Skot öz loyihalari bilan iştirok etadi. Yakunda Gilbert Skotning loyihasi ğolib deb e'lon qilinib, K2 paydo böladi.

K2 oldingi namunadan yaxşiroq bölsa-da, hajm jihatdan kattaligi va keng kölamda işlab çiqariş qimmatga tuşişi sabab yana yangi loyihaga ehtiyoj tuğiladi. 1927 yildan 1934 yilgaça bölgan davrda K3, K4 va K5 namunalari taqdim etiladi, ammo ularning heç qaysi biri ommalaşmaydi. 1935 yilda, Qirol Jorj beşinçining taxtga kelganiga 25 yil tölişi munosabati bilan yangi model – K6 taqdim etiladi. Oradan bir yil ötib, ya'ni 1936 yildan boşlab K6 ommaviy ravişda işlab çiqarila boşlanadi. Balandligi 2.4 metr, oğirligi 762 kilogramm bölgan uşbu namuna tez orada butun mamlakat böylab keng yoyiladi va Buyuk Britaniyaning öziga xos «turizm brendi»ga aylanadi.
1959 yilda loyixalaştirilgan va 1962 yilda taqdim etilgan K7 namunasi özini oqlamagani bois atigi ön ikkita şunday telefon qutisi işlab çiqariladi, xolos. 1968 yildagi K8 esa K6 singari sezilarli darajada ommalaşgan, deb aytiş mumkin. Uning loyiha muallifi Bryus Martindir.
Garçi hozirga kelib, uyali aloqa vositalari ommalaşib, telefon budkalariga ehtiyoj qolmagan bölsa-da, Angliyaning maşhur «qizil qutilari» sayyohlar uçun Londonga taşrif buyurişga öziga xos «bahona» vazifasini ötaydi.

















