«Dunyo» AA muxbiri xabar qilişiga köra, Londonda taşkil etilgan tadbirda Buyuk Britaniya hukumatining Markaziy Osiyo mamlakatlari va Ozarbayjon bilan savdo masalalari böyiça maxsus vakili Lord Olderdays, Buyuk Britaniya Biznes va savdo vazirligi, Eksportni moliyalaştiriş agentligi, «Standard Çartered» banki rahbarlari, şuningdek, Cross Works, Zaha Hadid Architecs, Arup, WilkinsonEyre, Civic, LDA Design, Crossrail International, AtkinsRéalis, Chapman Taylor va boşqa yetakçi muhandislik va arxitektura kompaniyalari vakillari iştirok etdi.

Uçraşuvda Buyuk Britaniya işbilarmon doiralari vakillari Özbekistonda amalga oşirilayotgan infratuzilma va quriliş loyihalarida iştirokini yanada kengaytirişdan manfaatdor ekanliklarini tasdiqladi.

Ta’kidlanişiça, Britaniya muhandislik va arxitektura kompaniyalari allaqaçon Özbekistondagi qator loyihalar konsepsiyasini işlab çiqişda iştirok etgan. Jumladan:

Cross Works kompaniyasi tomonidan Yangi Toşkent şahri loyihasi konsepsiyasi;
Zaha Hadid Architecs tomonidan Alişer Navoiy nomidagi xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Adabiyot muzeyi va Milliy maqom markazini öz içiga olgan majmua loyihasi;
Arup tomonidan Samarqanddagi «Ipak yöli turizm markazi» loyihasi konsepsiyasi işlab çiqilgan.

Tadbir doirasida Özbekistonda şaharsozlik, barqaror infratuzilma, zamonaviy arxitektura va madaniy-innovatsion markazlarni rivojlantiriş böyiça qöşma loyihalarni amalga oşiriş imkoniyatlari muhokama qilindi.