Fan-texnika | 02:50 / 22.12.2019
10231
2 daqiqa o‘qiladi

"Kazaxtelekom" 5G tarmog‘i sinovini namoyish etdi

Foto: Tengrinews

"Kazaxtelekom" kompaniyasi Digital Samruk 2019 forumida Tele2 va Kcell tarmoqlaridan foydalanib 5G texnologiyasining sinov rejimini namoyish etdi.  

Sinov jarayonida tarmoqning bitta qurilmadagi tezligi soniyasiga 1,5 Gbitgacha yetdi. Kompaniya  vakillarining so‘zlariga ko‘ra, Qozog‘istonda 5G tarmog‘idan mobil aloqa va internet xizmatlari ko‘rsatish hamda “buyumlar interneti”da foydalaniladi. Bu yerda gap xususan, “aqlli” shahar, “aqlli” ishlab chiqarish to‘g‘risida bormoqda.

Kompaniyaning innovatsiyalar bo‘yicha bosh direktori Nurlan Meyrmanovning so‘zlariga ko‘ra, Qozog‘istonda beshinchi avlod tarmog‘i spot tamoyili asosida joriy etiladi, aloqa bilan kichik hududlar ta'minlanadi. 

“Biz xonadonni 5G tarmog‘iga ulab, uning barcha afzalliklariga ega bo‘lish imkoniyatini beruvchi FixedWirelessAccess texnologiyasidan foydalanamiz”, - dedi u.

Qayd etilishicha, 5G texnologiyasi hozirda faol sinovdan o‘tkazilmoqda, yil davomida Nur-Sulton va Olmaota shaharlarida turli radiochastotadagi diapazonlarda muvaffaqiyatli sinab ko‘rildi.

Mavzuga oid