Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda saylovchilar ilk marta identifikatsion belgilar bilan qayd etildi
Kattaqo‘rg‘on tumanidagi 516-saylov uchastkasi
Kattaqo‘rg‘on tumanidagi 516-saylov uchastkasida 784 nafar saylovchining barchasi identifikatsion belgilar asosida qayd etildi.
Kun.uz muxbirining xabar berishicha, saylov uchastkasida uchta biometrik identifikator o‘rnatilgan bo‘lib, fuqaro pasporti bilan kelib, uni identifikatorga qo‘yadi. Kompyuterga o‘rnatilgan videoregistrator fuqaroning bazada mavjudligini va qarshisida turgan odam identifikatorga qo‘yilgan pasport egasi ekanini qayd etsa, unga byulleten beriladi.
Jarayonda muammo yuzaga kelmasligi uchun 2-umumta'lim maktabi binosida joylashgan saylov uchastkasi yuqori tezlikka ega internet bilan ta'minlangan hamda tajribali mutaxassislar biriktirilgan.
Mutasaddilarga ko‘ra, mazkur usul bilan bir saylovchi boshqa saylovchining o‘rniga byulleten olmasligi kafolatlanadi.
Ma'lumot uchun, O‘zbekistondagi 20ta saylov uchastkasiga biometrik pasport asosida shaxsni identifikatsiya qiluvchi qurilmalar sinov tariqasida o‘rnatilgan. Tajribadan ijobiy xulosa olingan taqdirda, kelgusi saylovlarda barcha saylov uchastkalariga ana shunday qurilmalar o‘rnatiladi.
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqovning ma'lum qilishicha, soat 15:00ga qadar saylov jarayonini o‘zgartiradigan jiddiy kiberhujumlar bo‘lmagan.
Mavzuga oid
19:38 / 18.03.2026
Samarqand viloyatining 4 ta tumanida jamoat yaylovlari tashkil etiladi
14:31 / 13.03.2026
Statistika: iqtisodiyoti eng tez o‘sgan hududlar ro‘yxati
21:38 / 02.03.2026
Samarqandda hokim delegatsiya tarkibiga oila a’zolarini qo‘shgani ma’lum bo‘ldi
15:41 / 23.02.2026