Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pompeo Isroil va Falastinni jiddiy muloqot boshlashga chaqirdi
Foto: Reuters
AQSh Isroil va Falastin o‘rtadagi nizoni uzil-kesil bartaraf etish uchun jiddiy muloqot boshlashidan umid qilmoqda. Bu haqda AQSh davlat kotibi Maykl Pompeo CSN radiostansiyasiga bergan intervyusida aytdi.
"Biz aynan shunday bo‘lishiga umid qilmoqdamiz. Tomonlar murakkab masalalarni yecha oladigan yetakchilarga ega bo‘lishi kerak. Ular suhbatlar doirasida o‘zaro hamkorlik qilishga tayyor bo‘lishlari lozim. Og‘ir haqiqat shuki, nizo yuridik yechimga ega emas. Xalqaro huquqqa asosan kim haq, kim nohaqligi to‘g‘risidagi gaplar tinchlik olib kelmaydi. Bu faqatgina isroilliklar va falastinliklar o‘rtasida yechilishi mumkin bo‘lgan murakkab siyosiy muammo", dedi u.
Pompeo muzokaralar tashkil qilishda yordamga tayyorligini aytdi.
"Biz qo‘limizdan kelganini qilamiz. Tomonlarni hamkorlikda ishlashga chaqiramiz. Natijalar Isroilning xavfsizligini ta'minlashi kerak. Falastinlar to‘g‘risida ham shunday deyish zarur, natijalar ularga foyda keltirishi lozim", dedi Pompeo.
Mavzuga oid
09:26 / 28.01.2026
Netanyahu: G‘azo sektorida Falastin davlati bo‘lmaydi
12:50 / 27.01.2026
Tramp: Hamas so‘nggi jasadni topishga yordam berdi, endi qurolsizlanishi kerak
21:02 / 26.01.2026
Isroil G‘azoda garovdagi so‘nggi odamning jasadini topdi va qaytardi
13:29 / 22.01.2026