Jamiyat | 13:00 / 22.12.2019
7260
1 daqiqa o‘qiladi

Saylov jarayonlarini onlayn tarzda kuzatish mumkin

Ayni vaqtda davom etayotgan saylov jarayonlarini har qanday xohlovchi internet orqali ham kuzatishi mumkin.

Mamlakat bo‘yicha 20 ta saylov uchastkasidagi kuzatuv kameralari olayotgan tasvirlarni respublika Markaziy saylov komissiyasi rasmiy sayti orqali kuzata olasiz.

Jumladan, Samarqand shahrida 2 ta, Kattaqo‘rg‘on tumanidagi 2 ta uchastkada saylov jarayonlarini internetdan onlayn kuzatib borish imkoni bor. Masalan, Samarqand shahridagi 92-saylov uchastkasidagi ovoz berish jarayonlarni ham yuqoridagi internet manzili orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri kuzatishning imkoni mavjud.

Mavzuga oid