Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda ilk marta saylovda qatnashganlarga esdalik sovg‘alari berildi (foto)
O‘zbekistonning barcha hududlarida vakillik organlariga saylovlar davom etmoqda. Kun.uz muxbirining xabar berishicha, Toshkentdagi ba'zi saylov uchastkalarida ilk marta ovoz berayotganlarga maxsus esdalik sovg‘alari berilgan.
Ayrim fuqarolar «Saylov kuni bilan, bayram bilan», deya ko‘tarinki kayfiyatda ovoz berishmoqda. Shuningdek, turli sabablar tufayli nomzodlarning dasturi va tarjimayi holi bilan avvalroq tanishmay, ovoz berish arafasidagina plakatga ko‘z yugurtirayotgan saylovchilar ham yetarlicha topiladi.



YeXHT Parlament Assambleyasi maxsus kordinatori Georgiy Tseretelining fikricha, yakshanba kuni ekani va havoning sovuqligi uchun tushgacha saylovchilar soni nisbatan kam bo‘lgan.
Kun.uz fotomuxbiri Toshkent shahridagi saylov uchastkalarida bo‘lib, jarayondagi muhitni kamera obektiviga muhrladi.









Mavzuga oid
10:45 / 13.06.2026
Armanistonda saylov ovozlari qayta sanaldi
09:00 / 08.06.2026
Armanistondagi saylovlarda Pashinyan partiyasi yetakchilik qilmoqda
21:43 / 07.06.2026
Armanistonda parlament saylovlarida ovoz berish yakunlandi
21:35 / 20.04.2026