Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukrainada elektrga bo‘lgan talab pastligi uchun atom elektrostansiyalarining quvvati pasaytirildi
Kiyev elektr energiyasiga bo‘lgan talabning pastligi sababli mamlakatdagi atom elektrostansiyalari generatsiyasini majburan pasaytirdi. Bu haqda oliy radaning energetika va uy-joy kommunal xo‘jaligi masalalari bo‘yicha qo‘mitasi rahbari Andrey Gerus ma'lum qildi, deb yozmoqda TASS.
Ma'lumot berilishicha, AESlarning quvvati 400 megavattga pasaytirilgan.
«Sabab — "yashil" ishlab chiqaruvchilarning ko‘p miqdorda energiya ishlab chiqarishi bilan bir vaqtda elektr energiyasiga bo‘lgan past talab (iliq ob-havo va sanoatning pasayishi)», — dedi Gerus.
Shu bilan birga u bugungi kunda Rossiya va Belarusdan elektr energiyasi import qilinmayotganini aytdi.
Ukraina sentyabrda Rossiyadan elektr energiyasining tijorat importini tiklagandi. Mazkur import 2015 yilda to‘xtatib qo‘yilgandi.
Keyinroq Ukraina oliy radasining sobiq deputati Oleg Lyashko mamlakat hukumati Rossiyadan elektr energiyasi sotib olishni to‘xtatish to‘g‘risida «siyosiy qaror» qabul qilganini ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
18:44 / 14.06.2026
Ukraina dronlari Rossiyaning kamida 14 regioniga hujum qildi
10:02 / 13.06.2026
Ukraina armiyasida keng ko‘lamli islohotlar boshlandi
23:16 / 12.06.2026
Yevropa Ittifoqi Ukraina va Moldova a’zoligi bo‘yicha muzokaralarni boshlaydi
17:21 / 12.06.2026