Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avstraliya sudi Volkswagen kompaniyasini rekord darajada jarima to‘lashga hukm qildi
Avstraliyada sud Volkswagen kompaniyasini "dizelgeyt" ishi doirasida mamlakat uchun rekord miqdordagi 125 mln avstraliya dollari (77,5 mln yevro, $86 mln) jarima to‘lashga hukm qildi. Bu haqda VVS News xabar berdi.
Raqobat va iste'molchilar huquqini himoya qilish masalalari bo‘yicha komissiyaning ta'kidlashicha, kompaniya 2011 yildan 2015 yilgacha mamlakatga avtomobillarning zaharli modda ajratish miqdorini kamaytirib ko‘rsatadigan qurilma o‘rnatilgan 57 ming dona avtomobil olib kirgan.
Ushbu soxtakorlik 2015 yil kuzida AQShda fosh bo‘lgan. Aniqlanishicha, dizel dvigatelli Volkswagen mashinalariga avtomobildan ajralib chiqadigan zaharli moddalar miqdorini o‘nlab marta kamaytirib ko‘rsatadigan dasturiy ta'minot o‘rnatilgan.
Kompaniya butun dunyo bo‘ylab sotilgan 11 mln dona mashinaga ana shunday dasturiy ta'minot o‘rnatganini tan olgan va AQShda 18 mlrd dollar tovon to‘lagan.
Mavzuga oid
20:23 / 12.06.2026
D guruhi tanishtiruvi. Mezbon AQSh kimlar bilan o‘ynaydi?
08:45 / 28.05.2026
O‘zbekistonda yana bir yirik avtomobil brendi ishlab chiqarishni boshlashi kutilmoqda
18:09 / 19.05.2026
Toshkentda Volkswagen avtomobillari ishlab chiqarilishi mumkin
22:52 / 29.03.2026