Toshkent viloyatida qonunga xilof ravishda saqlangan giyohvandlik vositasi aniqlandi
2019 yil 13 dekabr kuni Angren shahar IIB JQB tezkor vakillari tomonidan uy-joy daxlsizligini cheklovchi tadbir o‘tkazish va turar joyni ko‘zdan kechirish to‘g‘risidagi qarorga asosan, 22 yoshli S.N.ning yashash uyi ko‘zdan kechirilgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, shu vaqtda xonadon yotoqxonasidagi yotoqning tagida 18 dona polietilen paketlarga o‘ralgan o‘tkir hidli, qovurilgan holdagi modda hamda xonadonning dahlizida turgan yog‘och quti ichida oq rangli xo‘jalik qopi ichida quritilgan, o‘tkir hidli modda saqlanayotganligi aniqlanib, xolislar ishtirokida ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.
Sudga oid kimyoviy ekspertizasining xulosasiga ko‘ra, 18 dona polimer paket ichidagi modda “marixuana” giyohvandlik moddasi ekanligi, uning qovurilgan holdagi umumiy sof og‘irligi 533,8 gr.ni, xonadondan olingan qop ichidagi quritilgan holdagi modda “marixuana” giyohvandlik moddasi ekanligi, uning og‘irligi 2 934 gr.ni tashkil etishi ko‘rsatilgan.
Mazkur holat yuzasidan Angren shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan fuqaro S.N.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi “a” bandi (giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay, qonunga xilof ravishda ko‘p miqdorda saqlash) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
08:30 / 04.11.2024
DXX Toshkent viloyatida giyohvandlik vositalari noqonuniy aylanmasiga chek qo‘ydi
13:30 / 09.10.2024
Giyohvandlik vositalari ustidan nazorat qilish davlat komissiyasi vakolatlari belgilandi
11:50 / 09.10.2024
Toshkentda giyohvandlik vositalarini yashirish yo‘li bilan tarqatish holatlari fosh etildi
22:40 / 07.10.2024