Jahon | 17:05 / 24.12.2019
6416
2 daqiqa o‘qiladi

Trampning advokati AQShning Ukrainadagi elchilarini Soros tayinlaganini aytdi

Jorj Soros/Foto: REUTERS

AQSh prezidentining advokati Rudi Juliani Amerikaning Ukrainadagi sobiq elchisi Mari Yovanovichni moliyachi Jorj Soros boshqarishini ma'lum qildi. Bu haqda New York Magazine jurnali yozmoqda.

Juliani shuningdek, Amerikaning Ukrainadagi bir nechta elchilari tayinlanishi ortida hozirgi AQSh ma'muriyatining ko‘zga ko‘ringan tanqidchisi hisoblanuvchi Soros turganini aytdi. 

"U barcha to‘rt elchini tayinlashga erishgan", - dedi Juliani jurnalga bergan intervyusida.

Noyabrda AQShning Ukrainadagi sobiq elchisi Mari Yovanovich kongress tinglovlarida Juliani va Ukrainaning sobiq bosh prokurori Yuriy Lutsenko uning nomini qora qilishga urinishganini aytgandi.

Trampning shaxsiy advokati dekabr boshida Ukrainaga safar qilganidan so‘ng AQSh bosh prokurori Uilyam Barr va Kongressdagi respublikachilar bilan safari to‘g‘risida o‘rtoqlashish niyatida ekanligini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, unda Jo Bayden va Barak Obama ma'muriyatining qonunga xilof harakatlarini isbotlovchi dalillar bor.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid