Jamiyat | 15:00 / 25.12.2019
6156
4 daqiqa o‘qiladi

LG'dan OLED texnologiyasi: reallikning yangi darajasi

Foto: LG

Bor-yo‘g‘i bir necha yillar avval organik LED-yoritgichli televizorlar ixtiro qilingandi, OLED texnologiyasi esa butun dunyo bo‘ylab iste'molchilar qalbini zabt etdi. Yuqori sifatli tasvir yo‘nalishida joriy yilning kashfiyoti 65 dyuym diagonalga ega LG C9 modeli televizorlari bo‘ldi, jahon ekspertlari e'tirofi bo‘yicha ham aynan shu televizor OLED orasida mutlaqo yetakchiga aylandi. Qarshimizda nafaqat zamonaviy, balki ishonchli texnika turganini anglash uchun televizorga bir marta ko‘z tashlash kifoya: tekis monolitli ekran yuzasi, u noodatiy taglik tufayli stol ustida xuddi uchayotgandek tuyuladi, istalgan intererga mos tushuvchi nafis va betakror dizayn va ramkaning deyarli yo‘qligi.

Ajoyib televizorning ichida «to‘ldirilgan» tarkibiy qismlar ham o‘z xususiyatlari bilan ham tashqi ko‘rinishdan qolishmaydi. Asos  – «Sun'iy intellekt» boshqaruv funksiyasi o‘rnatilgan «Alpha 9» ikkinchi avlod protsessoridan iborat. U tasvir sifatini optimallashtiradi, shovqinni bartaraf etadi, past darajadagi piksellarni yanada yuqoriroqqa o‘zgartiradi. Yorqinlikni nazorat qiladi, xonadagi yorug‘lik sharoitlariga muvofiq avtomatik tarzda sozlashni boshqaradi. OLED texnologiyasi – organik materiallardan tayyorlangan yoritgichli matritsadan foydalanish – tasvirni xiralashmasligiga, tezkor harakatlar vaqtida qotib qolmaslikka, tomoshabinga ideal surat va maksimal tiniqlikdagi tasvirni namoyish etishga imkon beradi.

Individual yoritgichlar oqimtir rangning yorqinligini va qora rangning chuqurligini aniq yetkaza oladi, shu sababli tasvir yanada real ko‘rinadi, ranglar ortiqcha bo‘rttirishlar va aralash soyalarsiz avval boshidan qanday o‘ylangan bo‘lsa, shunday namoyon bo‘ladi. Dolby texnologiyasi uyingizni HDR formatidagi kinematografik sifatli tasvir va ovozga ega kinoteatr zaliga aylantiradi. Kuchli va tiniq ovozdan rohat olgan holda ekranda sodir bo‘layotgan hodisaga sho‘ng‘ing. «Galereya» rejimida esa televizor kunduz kunlari uyingizni bezatuvchi chinakam san'at asariga aylana oladi.

OLED texnologiyasi bo‘yicha yaratilgan eng yaxshi televizorlardan biri – LG 65C9PLAni  xarid qilish uchun, shuningdek, narxlar bilan tanishish uchun quyidagi savdo nuqtalariga murojaat eting:

  • «Fleshka» texnobozori (sobiq «Malika» fabrikasi);
  • «Ipak Yo‘li» bozori (sobiq «Abu-Saxiy»);
  • MEDIAPARK Bozori tarmoqlari (+998 71 203 33 33);
  • «GOODZONE» do‘konlari tarmog‘i (+99871 207 03 07);
  • «Credit Asia» do‘konlar tarmog‘i (+998 78 140 00 11);
  • «Next» SKMdagi LGning rasmiy do‘koni (+99895 143 00 03).

Servis xizmatlari masalalari bo‘yicha esa, iltimos, LG xaridorlarini qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojaat eting: 0800 120-22-22.

O‘zbekiston aholisi uchun ushbu raqam bepul. Muhim: raqamni to‘liq terish lozim.

LG Uzbekistan rasmiy sahifalarini ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

Facebook: fb.com/LGUzbekistan

Instagram: @LGUzbekistan

Telegram: t.me/lguzbekistan

Reklama huquqi asosida

#LG

Mavzuga oid