Sotsiologik tadqiqot xulosasi statistik ma'lumotga tenglashtiriladi

Foto: Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi
Aholi o‘rtasida o‘tkazilgan sotsiologik tadqiqotlar natijasi statistik ma'lumot sifatida qabul qilinadi.
Bu haqda 25 dekabr kuni «Ijtimoiy fikr» respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi rahbariyati ishtirokida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma'lumot berildi.
O‘zbekiston milliy universiteti «Sotsiologiya» kafedrasi mudiri Komil Kalonovning so‘zlariga ko‘ra, aholining ijtimoiy fikri, ijtimoiy kayfiyatini o‘rganishga qaratilgan sotsiologik tadqiqotlarning natijaviy ko‘rsatkichlari statistik ma'lumot sifatida qabul qilinadi. Bu – «Sotsiologik tadqiqotlar o‘tkazishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi prezident farmonida belgilangan.
«Hozirgi kunga qadar O‘zbekistonda sotsiologik tadqiqotlar xulosasi statistik ma'lumot sifatida e'tirof etilmas, ular faqatgina ijtimoiy xarakterga ega bo‘lardi. Endilikda bunday tadqiqotlar, xususan «Ijtimoiy fikr» markazi tomonidan professional tarzda o‘tkazilgan tadqiqotlar xulosasi statistik ma'lumotlarga tenglashtiriladi.
Bunday amaliyot butun dunyoda mavjud. Malakali tadqiqotchilar tomonidan ilmiy-metodologik mezonlar asosida professional o‘tkazilgan tadqiqotlar natijasini bemalol statistik ma'lumot sifatida qabul qilish mumkin», ─ deydi mutaxassis.

Shuningdek, anjumanda ma'lum qilinishicha, mamlakatda sotsiologiyani rivojlantirishning asosiy omili bo‘lgan kadrlar tayyorlash masalasida ham o‘zgarishlar mavjud. Joriy yil fevralida qabul qilingan, yuqorida nomi keltirilgan farmon asosida sotsiologiya bo‘yicha kadrlarni tayyorlash yiliga 200 nafarga yetkazildi.
«Ilgari yiliga atigi 20 nafar mutaxassis bitta oliygohda tayyorlanar edi. Endilikda Nukus, Samarqand, Namangan davlat universitetlari, O‘zbekiston Milliy universiteti yiliga 200 nafar mutaxassisni tayyorlaydi. Bu, o‘z navbatida, sohada ijobiy o‘zgarishlarga sabab bo‘ladi», ─ deya qayd etildi anjumanda.
Ma'lumot uchun, «Ijtimoiy fikr» respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi 1997 yilda tashkil topgan. 2019 yil 22 fevraldagi «Sotsiologik tadqiqotlar o‘tkazishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi prezident farmoniga asosan markaz faoliyati takomillashtirildi. Markaz barcha sohalar va mavzular bo‘yicha jamoatchilik fikri hamda kayfiyatini o‘rganish bilan shug‘ullanadi. Markaz tashkil etilganidan buyon 500dan ortiq turli mavzularda jamoatchilik fikrini o‘rganish bo‘yicha monitoring tadqiqotlarini olib borgan.
Tavsiya etamiz
AQSh elchisi o‘zbekistonlik noqonuniy migrantlarga murojaat qildi
O‘zbekiston | 16:53 / 03.04.2025
AQShning yangi bojlari O‘zbekistonga qanday ta’sir qiladi?
Nuqtayi nazar | 14:23 / 03.04.2025
Xorazmda pulini ko‘paytirib berishni aytib, mingdan ortiq odamni chuv tushirgan shaxs ushlandi
Jamiyat | 20:24 / 02.04.2025
Bitta mashinada nuqson topilsa, brendning hamma modellarini yoppasiga taqiqlash to‘g‘rimi?
O‘zbekiston | 20:13 / 02.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Taniqli jurnalist Jasur Hamroyev vafot etdi
Jamiyat | 10:30
-
Toshkentda beton to‘siqqa urilgan BYD yonib ketdi
Jamiyat | 09:52
-
Zelenskiy: Tinchlikparvarlik missiyasini ishchi guruhlar tayyorlaydi
Jahon | 09:27
-
Elektr tarmoqlari korxonasi xodimi 1 mlrd so‘mlik elektrni talon-toroj qildi
Jamiyat | 09:14
Mavzuga oid

21:10 / 16.07.2019
Favqulodda vaziyatlar vazirligi vertolyotlardan foydalanishi bo‘yicha qaror qabul qilinadi

13:57 / 11.04.2019
Ayrim davlat idoralari saytida pornografik ma'lumotlar joylashtirib yuborilgan

22:40 / 25.03.2019
Noshirlik kollejida matbaa sohasida innovatsion texnologiyalarni boshqaradigan zamonaviy kadrlar tayyorlanadi

19:35 / 18.03.2019