Özbekistondagi AQŞ elçisi Jonatan Henik Qöşma Ştatlarda noqonuniy bölib turgan özbekistonliklarni öz ixtiyori bilan vatanga qaytişga çaqirdi.
«Işonamanki, AQŞda noqonuniy bölib turgan minglab özbeklar bor. Men bu şaxslarga Özbekistonga özi qaytişini maslahat bergan bölardim. Aks holda, ular AQŞda qamoqqa olinişi yoki deportatsiya qilinişi mumkin», dedi Henik.
Elçi sönggi bir neça yil içida köplab özbekistonliklar Markaziy Amerika hududidagi xavfli yöllar orqali AQŞga kirganini, oqibatda noqonuniy bölib turgan taxminan minglab özbekistonliklar borligini qayd etdi.
Avvalroq, Tramp ma’muriyati Qöşma Ştatlardagi noqonuniy migrantlarga «öz-özini deportatsiya qiliş» imkonini beruvçi mobil ilovani taqdim etdi. AQŞ bojxona va çegara xizmati (CBP) tomonidan işlab çiqilgan CBP Home ilovasi migrantlarga mamlakatni tark etiş «niyatini» e’lon qiliş imkoniyatini beradi.
«CBP Home ilovasi xorijliklarga özini özi deportatsiya qiliş orqali hoziroq ketiş imkoniyatini beradi, şunda ular kelajakda qonuniy yöl bilan qaytişi va Amerika orzusiga erişişi mumkin», dedi Milliy xavfsizlik vaziri Kristi Noem. «Agar ular buni qilmasalar, biz ularni topamiz, deportatsiya qilamiz va ular heç qaçon qaytib kelmaydi», deb qöşimça qildi u.

















