Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan taşkil etilgan davlat va xöjalik boşqaruvi organlari axborot xizmatlari faoliyati samaradorligini oşirişga qaratilgan “Axborot xizmatlari faoliyatiga oid nazariy va amaliy aspektlar” mavzusida ikki kunlik öquv-seminari bölib ötmoqda.

Tadbirning kiriş qismida sözga çiqqan agentlik direktori birinçi örinbosari Avazbek Xojimetovning ma'lum qilişiça, juda köpçilik davlat idoralari axborot xizmati köngildagidek işlamaydi va bu seminar aynan mana şu muammolarni bartaraf etişga qaratilgan. 

Çunki bugungi kunda yagona axborot siyosatini yuritiş, xurujlarga munosib va xolis javob qaytariş juda muhim masalaga aylangan.

Misol uçun, xorijiy naşrlardan birida poytaxt Toşkentda 30 mingdan ortiq uylar noqonuniy buzilayotgani haqidagi asossiz ma'lumot e'lon qilingan va uni milliondan ortiq foydalanuvçilar kuzatganlar. Buni rad etuvçi javob ikki kundan keyingina e'lon qilingan.

Davlat taşkilotlarining rasmiy sahifalarida ham muammolar yetarli. 159 davlat taşkiloti, 119 idoraning (74 foiz) rasmiy veb-saytlarida xabarlar muntazam töldirib boriladi, biroq 40ta taşkilot saytida yangiliklar vaqtida yangilanmaydi, ya'ni haftasiga kamida bitta ma'lumot joylanmaydi. Agentlik tomonidan bu borada tegişli çoralar körilmoqda, tuşuntiriş işlari olib borilmoqda, taqdimnomalar kiritilmoqda. 

Ba'zi davlat idoralari veb-saytlarda mentalitetimizga yot havola va giperhavolalar joylaştirilgan, ularning ayrimlari hatto pornografik xarakterda. Nazoratsiz qoldirilgan forumlarda foydalanuvçilar istagan ma'lumotlarini joylaştirmoqdalar. 178 davlat idorasi, 81 taşkilotning telegram rasmiy kanali yöq, borlarining ham faoliyati qoniqarli emas.

Tadbir davomida yetakçi mutaxassislar tomonidan axborot xizmati faoliyati va jamoatçilik bilan munosabatlarga oid treninglar bölib ötmoqda.