AQŞ prezidenti Donald Tramp «butun dunyo mamlakatlari uçun özaro bojlar» joriy etilişini e’lon qildi. Xususan, bu bojlar Özbekiston uçun 10 foizni taşkil etadi. Iqtisodçi Mirkomil Xolboyev yangi tariflarning Özbekistonga qanday ta’sir etişi mumkinligini tahlil qildi.

— 2024 yilda Özbekistonning AQŞ bilan taşqi savdo aylanmasi 882 mln dollarni taşkil etib, 2023 yilga nisbatan 15,2 foizga oşgan. Bunda AQŞga eksport 314,7 mln dollar, import esa 564,3 mln dollarni taşkil etgan. AQŞga eksport Özbekiston umumiy eksportining 1,2 foiz uluşiga teng.

Bundan taşqari, eksportning asosiy qismi xizmatlar eksporti hisoblanadi. Xususan, 2024 yilda tovarlar eksporti 44,4 mln dollarni taşkil etgan. Ya’ni eksportning 86 foizi xizmatlar eksporti hisobiga şakllangan. Xizmatlar eksporti esa bojga tortilmaydi. Boşqaça aytganda, AQŞga eksportimizning 86 foizi keça e’lon qilingan tariflardan taşqarida. Qolgan 14 foiz eksportimiz esa qöşimça tariflarga tortiladi.

Tovarlar eksportining asosiy qismi oçiqlanmagan tovarlar (bojxona kodi 9999) – 7,9 mln dollar, qimmatbaho metall (7112)- 6,6 mln dollar, alyuminiy 6,6 mln dollar kabi tovarlarga töğri keladi.

Umuman olganda, tariflarning Özbekistonga töğridan töğri ta’siri judayam kiçik. Birinçidan AQŞ mamlakat eksportida yirik savdo hamkor hisoblanmaydi. Ikkinçidan, joriy qilingan bojlar eksport tovarlarining asosiy qismiga ta’sir qilmaydi. 

Lekin tariflarning deyarli barça davlatlarga örnatilgani yaqin kelajakda özining salbiy ta’sirlarini körsatmasdan qolmaydi. Ya’ni AQŞ tomonidan örnatilgan tariflar butun dunyoda, şu jumladan, Özbekistonning asosiy hamkorlarida ham ösişning sekinlaşişiga olib keladi. Ösişning sekinlaşişi esa tabiiyki, tovarlarga bölgan talabni pasaytiradi. Xususan, özi şundoq ham eksportimiz pasayişi davom etayotgan Xitoy, Turkiya, Qirğiziston, Tojikiston kabi hamkorlarimizga eksportimiz pasayişi yana tezlaşişi yoki ösiş boşlanişi orqaga surilişi mumkin.

Ammo noaniqliklar şaroitida asosiy eksport tovarimiz bölgan oltinning narxi yangi tarixiy maksimumlarga yetişi kutilmoqda. Ya’ni boşqa tovarlar eksportidagi pasayiş oltin eksporti bilan kompensatsiya qilinişi mumkin. Bundan taşqari, Qöşma Ştatlar katta iqtisodiyot bölgani sababli, AQŞ tomonidan örnatilgan boj global bozorda tovarlar narxini pasaytiradi. Bu esa öz navbatida importimizning arzonroq kirib kelişiga olib kelişi mumkin. Bir jihatdan bu monetar siyosat uçun yaxşi şart-şaroitlar yaratsa, ya’ni inflatsiyani jilovlaş yönalişida, boşqa tomondan içki işlab çiqaruvçilarga kutilmagan raqobatni paydo qilişi mumkin.