Xorazmda pulini ko‘paytirib berishni aytib, mingdan ortiq odamni chuv tushirgan shaxs ushlandi
Soxta treyderning yashash manzilidan o‘ndan ortiq planshet, 96 ta uyali telefon, 1171 dona bank kartasi hamda 343 ta SIM-karta topilgan.

Foto: Videodan kadr
Xorazm viloyatida soxta treyder qo‘lga olindi. Bu haqda Hudud dasturida xabar berildi.
Ma’lum qilinishicha, qo‘lga olingan shaxs pulini qisqa fursatda ko‘paytirib berishini aytgan holda ijtimoiy tarmoqlar orqali mingdan ortiq odamni chuv tushirgan.
“Bundan bir necha kun oldin bitta Telegram-kanalga a’zo qilib qo‘yishdi. Treyding orqali pulni bir baravarga ko‘paytirib berish haqida ma’lumotlar bor edi. Ko‘paytirib olish maqsadida 20 mln so‘m pulimni tashlab berdim. Oradan 1 soat o‘tgach bloklab qo‘yishdi”, degan jabrlanuvchilardan biri.
Soxta treyderning yashash manzili ko‘zdan kechirilganida xonadondan soxta treyderning yashash manzilidan o‘ndan ortiq planshet, 96 ta uyali telefon, 1171 dona bank kartasi hamda 343 ta SIM-karta topilgan.
Hozirda holat bo‘yicha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Avvalroq Qarshi shahridagi uylardan birini ijaraga olib, firibgarlik bilan shug‘ullanib kelgan hamda “pulingizni 30 daqiqada ko‘paytirib beraman”, deya 4 oyda respublikaning turli hududida yashovchi 78 kishini chuv tushirgan aka-uka va voyaga yetmagan shaxs jinoiy jazoga tortilgandi.
Kun.uz fuqarolarni soxta treyderlik, tobora yangi turlari paydo bo‘layotgan firibgarlik holatlari va moliyaviy piramidalar haqida ogohlantirib keladi.
Tavsiya etamiz
Ish staji yetarli bo‘lmasa ham pensiya tayinlanadimi?
O‘zbekiston | 10:03 / 31.05.2025
Eng ko‘p tug‘ilish qayd etilgan hudud ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 11:34 / 30.05.2025
Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klub yoki murabbiy?
Sport | 11:37 / 29.05.2025
Chet ellik jangchilar, xususan o‘zbeklar Suriyadan quviladimi?
Jahon | 21:35 / 28.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Bolgariyada valutaning yevroga o‘zgarishiga qarshi norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi
Jahon | 15:08
-
«PSJ»ning finaldagi g‘alabasidan so‘ng Parijda tartibsizliklar yuzaga keldi
Sport | 13:29
-
Mintaqaning xavotirli kelajagi, qirg‘izlarning sigaretga taqiqi va kuzatuvchilarga yopiq Dushanbe aeroporti
Jahon | 12:40
-
Kursk oblastida ham ko‘prik quladi
Jahon | 11:21
Mavzuga oid

18:55 / 30.05.2025
Migratsiya agentligi pul yig‘ish aksiyalarini o‘tkazayotgan firibgarlardan ogohlantirdi

07:53 / 30.05.2025
DXX Xorazm va Sirdaryoda firibgarlik holatlarini aniqladi

14:57 / 08.05.2025
Toshkentda mingdan ortiq odamni chuv tushirgan shaxs ushlandi

20:15 / 05.05.2025