Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy AQShdagi istalgan nishonni ura oluvchi raketani sinovdan o‘tkazgani ma'lum qilindi
The Washington Times nashrining Pentagondagi manbaga iqtibos keltirgan holda xabar berishicha, Xitoy armiyasi AQShdagi istalgan nishonni ura oluvchi ballistik raketani sinovdan o‘tkazdi.
Nashrda yozilishicha, eng yangi JL-3 raketasi 22 dekabrda sinov doirasida Sariq dengizning shimolidagi Boxay ko‘rfazidan Jin sinfidagi atom suv osti kemasidan uchirilgan. Raketaning uchirilishini AQSh razvedkachi sun'iy yo‘ldoshlari qayd qilgan. Ular raketaning parvozi ortidan kuzatgan. Raketa sinovi haqida boshqa tafsilotlar berilmagan.
Biroq Pentagon matbuot xizmati vakili Devid Istbernning ta'kidlashicha, unda Xitoy AQShdagi istalgan nishonni ura oluvchi raketani sinovdan o‘tkazgani haqida ma'lumot yo‘q.
The Washington Times’da ta'kidlanishicha, JL-3 sinovi AQSh razvedkasi Shimoliy Koreyada uzoq masofaga mo‘ljallangan raketa uchirilishini kutayotgani haqidagi xabarlar ortida o‘tkazilgan.
Mavzuga oid
12:20
AQSh Eron bilan neft bo‘yicha kelishuvni bekor qildi
09:10
AQShning Eronga yangi hujumlari mintaqada keskinlikni yanada oshirdi
22:32 / 07.07.2026
AQSh 100 yil ichida birinchi marta dumaloq bo‘lmagan tanga chiqaradi
11:41 / 07.07.2026