13:51 / 26.12.2019
2
42109

Bunyodkor ko‘chasida sodir bo‘lgan YTH oqibatida 1 yoshli qiz vafot etdi, 3 kishi kasalxonaga yotqizildi

Foto: IIV YHXBB axborot xizmati

2019 yil 25 dekabr kuni soat 17:00larda, Toshkent shahar Chilonzor tumani Bunyodkor ko‘chasida haydovchi, Chilonzor tumanida yashovchi, 1999 yilda tug‘ilgan T.M. “Lasetti” rusumli avtomobilini boshqarayotib, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi xabariga ko‘ra, u qarshisidan harakatlanib kelayotgan haydovchi, Toshkent viloyati Yangiyul tumanida yashovchi, 1989 yilda tug‘ilgan M.A. boshqaruvidagi “VAZ-2106” rusumli, Toshkent shahar M.Ulug‘bek tumanida yashovchi, 1962 yilda tug‘ilgan X.A. boshqaruvidagi “GAZ-330202” rusumli yuk hamda Uchtepa tumanida yashovchi, 1985 yilda tug‘ilgan O.A. boshqaruvidagi “Damas” rusumli avtomobillari bilan to‘qnashuv sodir etgan. 

Natijada, “VAZ-2106” rusumli avtomobili haydovchisi M.A. tan jarohati olib kasalxonaga yotqizilgan. Yo‘lovchilardan biri — qizi A.D. bo‘lgan. 2019 yilda tug‘ilgan A.D. kasalxonaga olib borilganida vafot etgan hamda yo‘lovchisi Yangiyul tumanida yashovchi, 1967 yilda tug‘ilgan N.I. kasalxonaga yotqizilgan. Shuningdek, “Lasetti” rusumli avtomobili yo‘lovchisi Chilonzor tumanida yashovchi, 2000 yilda tug‘ilgan T.B. tan jarohati olib, kasalxonaga yotqizilgan.

Shuningdek, “VAZ-2106” rusumli avtomobilning ikki nafar yo‘lovchisi, “Lasetti” rusumli avtomobil haydovchisi va ikki nafar yo‘lovchisi hamda “Damas” rusumli avtomobilining yo‘lovchilariga kasalxonada ambulator yordam ko‘rsatilgan.

 

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top