Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gruziyada Stalinning shaxsiy vagoniga madaniy merosning harakatlanuvchi yodgorligi maqomi berildi
Gruziyada sobiq sovet rahbari Iosif Stalinning shaxsiy temir yo‘l salon-vagoniga madaniy merosning harakatlanuvchi yodgorligi maqomi berildi. Bu haqda Gruziya madaniy merosni muhofaza qilish milliy agentligi xabar berdi.
Stalinga tegishli bo‘lgan vagon u tug‘ilgan Gori shahridagi uy-muzey hududida saqlanadi. Stalin vagondan 1941 yildan boshlab, jumladan Tehron va Yalta konferensiyalariga borishda shu vagondan foydalangan.
Gruziya madaniy merosni muhofaza qilish milliy agentligi Nika Antidzening aytishicha, vagonga ushbu maqomni berish tashabbusi Stalin uy-muzeyi ma'muriyati tomonidan bildirilgan.
U salon-vagon bilan bog‘liq barcha ishlar, shuningdek, uni restavratsiya qilish madaniy merosni muhofaza qilish milliy agentligi bilan kelishilgan holda amalga oshirilishini ta'kidladi.
Avvalroq Baza nashri Moskvadagi garajdan Iosif Stalin 1949 yilda yurgan ZIS-115 limuzini o‘g‘irlab ketilgani haqida ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
20:15 / 25.02.2026
Prezident sanoat korxonalari quvvatini oshirib, 2 mingta yuk vagoni ishlab chiqarishni buyurdi
10:05 / 08.07.2025
Rossiyada Stalinni oqlash avj oldi. Kommunistik partiya Xrushchyovning mashhur ma’ruzasini xatoga chiqardi
12:42 / 01.05.2025
Malayziya O‘zbekistonda ekspluatatsiyadan chiqqan vagonlarni ta’mirlaydi
17:05 / 12.01.2025