Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘iston prezidenti mamlakat aviakompaniyalarini tekshirish bo‘yicha topshiriq berdi
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev mamlakatdagi barcha aviakompaniyalar va aviatsiya infrastrukturalari obektlari faoliyatini tekshiruvdan o‘tkazish bo‘yicha topshiriq berdi.
Qayd etilishicha, prezident qarorgohida bosh vazir, prezident ma'muriyati rahbariyati, xavfsizlik kengashi kotibi, bosh prokuror, milliy xavfsizlik qo‘mitasi raisi, vazirlar ishtirokida favqulodda yig‘ilish o‘tkazilgan.
Yig‘ilishda 27 dekabr kuni Bek Air aviakompaniyasining yo‘lovchi samolyoti halokati bo‘yicha sifatli va obektiv tekshiruv o‘tkazish, barcha aviakompaniyalar va aviatsiya infrastrukturalari obektlarini xavfsizlik talablariga muvofiqlashtirish maqsadida ularning faoliyatini tekshiruvdan o‘tkazish topshirig‘i berilgan.
To‘qayev shuningdek, samolyot halokati sabablarini o‘rganish bo‘yicha komissiya 10 yanvar kuni o‘rganish ishlari natijasi bo‘ycha hisobot berishini ma'lum qilgan.
Hukumat komissiyasini Qozog‘iston bosh vaziri Asqar Mamin boshqaradi, uning tarkibiga bosh vazir o‘rinbosari Roman Sklyar, sanoat va infrastrukturaviy rivojlanish vaziri Beybut Atamkulov va davlat organlarining boshqa vakillari kiradi.
Bugun, 27 dekabr kuni Qozog‘istonning Bek Air aviakompaniyasining yo‘lovchi samolyoti Olmaota shahri aeroportidan havoga ko‘tarilish vaqtida halokatga uchradi. Samolyot bortida 95 yo‘lovchi va ekipajning 5 a'zosi bo‘lgan. Samolyot havoga ko‘tarilish vaqtida balandlikni yo‘qotib, beton to‘siqni buzib o‘tgan va ikki qavatli imoratga borib urilgan.
So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida 15 kishi halok bo‘lgan, 35 kishi tan jarohati olgan. Aviahalokat sababli Qozog‘istonda 28 dekabr milliy motam kuni deb e'lon qilingan.
Mavzuga oid
20:57 / 02.07.2026
Pekindagi osmono‘par binoga urilgan samolyot uchuvchisi ruhiy kasal bo‘lgani aytildi
18:38 / 26.06.2026
Pekindagi eng baland binoga yengil motorli samolyot urildi
21:35 / 15.06.2026
Rossiyada Tu-22M3 bombardimonchisi halokatga uchradi
23:05 / 14.06.2026