Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda yana bir turdagi korxonalarni xususiylashtirishga ruxsat berildi
“Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risida”gi Qonunga o‘zgartirishlar kiritildi, deb yozmoqda Norma.
Hozirgi vaqtga qadar portlovchi moddalar, shuningdek ularni ishlab chiqarish uchun maxsus materiallar va uskunalar ishlab chiqish, tayyorlash, ta'mirlash va realizatsiya qilishni amalga oshiruvchi korxonalar va tashkilotlar davlat tasarrufidan chiqarilmaydigan va xususiylashtirilmaydigan davlat mulki obektlari jumlasiga kirgan.
Tuzatishlar tufayli qoidalar o‘zgardi. Endi ko‘rsatilgan korxonalar va tashkilotlar Prezident qarori bilan davlat tasarrufidan chiqarilishi va xususiylashtirilishi mumkin.
Bundan tashqari, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va uning hududiy boshqarmalariga qayta tashkil etilgan Davlat raqobat qo‘mitasining vakolatlari o‘tdi. Xususan, ushbu idora davlat korxonalarini aksiyadorlik jamiyati etib o‘zgartirish to‘g‘risida qaror qabul qiladi va xo‘jalik jamiyatlari va shirkatlari muassisi, shuningdek aksiyalar, ulushlar va paylar saqlovchisi bo‘lishi mumkin.
Bundan oldin, xususiylashtiriladigan yer uchastkasining sotib olish qiymati qanday aniqlanishi to‘g‘risida ma'lumot berilgandi.
Mavzuga oid
19:05 / 26.04.2026
Soliq va tadbirkorlik sohasidagi qonunbuzarliklar uchun javobgarlik kuchaytirildi
08:53 / 22.04.2026
MChJ faoliyatiga oid yangi tahrirdagi qonun kuchga kiradi
18:41 / 14.04.2026
Bo‘lib to‘lashga sotilgan obektlar bo‘yicha ustama hisoblash to‘xtatiladi
18:25 / 14.04.2026